2018-2019-yil uchun Latviya davlat stipendiyasiga ariza topshirish boshlanganini ma’lum qilamiz.
Stipendiyani chet-ellik talabalar, ilmiy izlanuvchi va o’qituvchilar olishi mumkin. Stipendiya o’qish uchun, ilmiy ish uchun va yozgi maktabda o’qish uchun beriladi (Yozgi maktablar uchun ariza topshirish oxirgi sanasi 4-may).
Grant kimlar uchun?
Bakalavr, magistrura va aspirantura talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Latviyada o’qish asosan latviya tilida, ammo bir qator universitetlar ingliz tilida o’qishni ham taklif qiladi.
 - Bakalavriat va magistratura talabalari uchun stipendiya miqdori bir oyga 550€ ni tashkil qiladi.
 - Aspirantura talabalari uchun esa bir oyga 670€ .
 - Yozgi maktab qatnashchilari esa 711€ stipendiya bilan ta’minlanadi.
 - Ilmiy izlanuvchilarga esa 5 oy muddatida bir kunga 30€ va 300€ oylik stipendiya to’lanadi.
 
Talablar:
- Linkda keltirilgan davlat fuqorosi bo’lishi lozim (O’zbekiston ham ro’yxatda mavjud);
 - Bakalavriatga topshiruvchi talabalar, o’z mamlakatlarida yoki Latviyada birinchi kursni tugallagan bo’lishlari lozim;
 - bakalavriat talablari va magistrlar stipendiyani 10 oy davomida olishadi, aspirantura talablari esa 11 oy davomida;
 - Latviya tarixi, Latviya madaniyati, Latviya filologiyasi, Latviya adabiyoti kabi yo’nalishdagi magistratura talabalariga 2 yil davomida stipendiya to’liq beriladi.
 
Dasturga qabul jarayoni:
Stipendiya olish uchun quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- Rezyume
 - Motivatsion xat
 - Diplom nusxasi va baholar ilovasi
 - Ikkita tavsiyanoma nussxasi
 - Latviya oliygohlaridan biriga nomzodni qabul qilinishi to’g’risida xat nusxasi
 - O’qish rejasi
 - Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi
 - Pasport nusxasi
 
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.


            

