×

LCOY Uzbekistan 2025 – Nukusda yoshlar uchun 3 kunlik iqlim konferensiyasi: barcha xarajatlar qoplanadi


Grant

MUHLAT

15.07.2025

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

817 marta

Young Climate Champions hamda Nukus Prezident maktabi bir necha tashkilotlar bilan hamkorlikda O’zbekiston yoshlari uchun LCOY Uzbekistan 2025 dasturini tashkil etmoqda. Ushbu dastur BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiyasi (UNFCCC) qoshidagi rasmiy yoshlar platformasi YOUNGO doirasidagi konferensiya hisoblanadi hamda 2025-yil 27–29-avgust kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyaning asosiy maqsadlari:

  • O‘zbekistonning barcha hududlaridan 100 nafar yosh ishtirokchini birlashtirish.
  • Milliy Yoshlar Iqlim Bayonotini ishlab chiqish va uni COY20 hamda COP30 konferensiyalarida (Braziliya) taqdim etish.
  • Iqlim harakatida yoshlar ishtirokini kengaytirish.
  • Ekologik ta’lim va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
  • Iqlim yetakchilari o‘rtasida barqaror tarmoq yaratish.

Nimalar kutmoqda:

  • Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoniga tashrif.
  • Panel muhokamalar, masterklasslar, interaktiv sessiyalar.
  • Hujjatli film namoyishi.
  • BMT, xalqaro tashkilotlar, mahalliy hokimiyatlar va yoshlar harakati vakillari bilan netvorking

Grant kimlar uchun?

16–30 yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar ishtirokchilarning quyidagi xarajatlarini to‘liq qoplaydi:

  • 2025-yil 26–30-avgust kunlari uchun Nukusda turar joy.
  • Yo‘l xarajatlari (poyezd yoki aviachipta).
  • To‘liq ovqatlanish: nonushta, tushlik, kechki ovqat va kofi-breyklar.

Dasturda qatnashishi uchun ingliz tilini bilish talabi belgilanmagan.

Talablar:

Talablar quyidagicha:

  • O‘zbekistonning barcha hududlaridan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnasha oladi. 16–17 yoshdagilar uchun notarial ota-ona roziligi talab qilinadi
  • Iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar yoki barqarorlik mavzulariga qiziqishga ega bo’lishi kerak.
  • Talabalar, yosh liderlar yoki iqlim bo‘yicha ilk qadamlarini qo‘yayotganlar – barchaga ochiq!

Ishtirokchilar soni va tanlov mezonlari:

  • Har bir viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston chekka hududlaridan 5 nafardan ishtirokchi tanlanadi (jami 70 nafar)
  • Qolgan 30 o‘rin Nukuslik ishtirokchilarga ajratiladi
  • Motivatsion xatlarda sun’iy intellekt orqali yozilgan matnlar aniqlansa, ariza avtomatik rad etiladi

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish uchun 2025-yil 15-iyulgacha BU YERDA onlayn ariza shaklini to’ldiring.

  • Natijalar e’lon qilinadi: 2025-yil 1-avgust
  • Tanlangan nomzodlar 1–3-avgust oralig‘ida quyidagi hujjatlarni topshiradi:
    • Rozilik shakli (16–17 yoshdagilar uchun)
    • Ishtirokni tasdiqlovchi xat
    • Safar tafsilotlari

Dasturg topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan yaxshilab tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!