×

Lexus Design Award 2021: dizayn yaratib, Nyu York va Milanga sayohat qiling! Dizaynni amalga oshirish uchun 28 000 AQSh dollarigacha mablag’ beriladi


Grant

MUHLAT

11.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2550 marta

Professional ca havaskor dizaynerlar uchun tashkil etilgan Lexus Design Award 2021 tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda quyidagi yo’nalishlarda yaratilgan dizaynlar bilan ishtirok etish mumkin:

Sanoat Dizayni

Arxitektura

Texnologiya va Muhandislik

Interyer Dizayn

Moda Dizayni.

Tanlovda ishtirok etish uchun tegishli yo’nalishlarda mavjud mahsulotlarning yangicha uslubdagi dizaynini yaratib, texnologiya va dizaynning innovatsion uyg’unligini ustalik bilan ko’rsatib bera olish zarur. Dizaynlar foydalanuvchi uchun yoqimli va o’ziga xosligi bilan ajralib turishi zarur. Tanlov g’oliblari AQSh va Italiyada bo’ladigan tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional dizaynerlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 6 nafar g’olib aniqlanadi. Sovrinlar quyidagicha:

  • G’oliblarga Nyu Yorkka kelish uchun aviachipta olib beriladi.
  • Nyu Yorkda bo’lib o’tadigan tadbirda 4 kun ishtirok etish uchun uchun turar joy tashkil qilib beriladi.
  • G’olib yaratilgan prototipni (dizaynni) tayyorlashi uchun 3 million yenagacha (28 229 AQSh dollari) mablag’ ajratiladi.
  • Har bir ishtirokchiga 2021-yil 13-18 aprel kunlari Italiyaning Milan shahrida bo’lib o’tadigan Milan Dizayn haftaligida ishtirok etishi uchun aviachipta olib beriladi va Milandagi haftalik vaqtida 11 kechagacha vaqt uchun turar joy bilan ta’minlanadi. Ushbu haftalikda g’oliblarning dizaynlari ham e’lon qilinadi.

Talablar:

  • Bir ishtirokchi tomonidan cheksiz hisobdagi dizaynlar taqdim etilishi mumkin.
  • Voyaga yetmaganlar, Toyota Motor Corporation kompaniyasi xodimlari, xodimlarning yaqin qarindoshlari va ular bilan bir uyda yashovchi shaxslar tanlovda ishtirok etishlari mumkin emas.
  • Tanlovga dizayn tayyorlashda dizaynga o’z ismingiz, yoki biror belgi, ramz yoki shu kabilarni qo’shmang. Bunday dizaynlar tanlovdan chetlatiladi.
  • Ishlar ingliz tilida bo’lishi kerak.
  • Tanlovga qabul qilingan ishlar foydalanuvchi va jamiyat ehtiyojlariga mos ekanligi, chiroyli ko’rinishga egaligi hamda originalligiga asosan saralanadi.
  • Tanlovga tayyorlangan dizaynlarni guruh sifatida tayyorlash mumkin, ammo g’olib chiqqan jamoadan faqat 1 kishi saylanib, sovrin sifatida taqdim etiladigan sayohatlarda ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovning barcha qoidalari bilan batafsil bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda 2020-yil 11-oktyabrga qadar ishtirok etish mumkin. Arizalar bu yerda to’ldiriladi.

Natijalar 2020-yil dekabr oyi o’rtalarida e’lon qilinadi. Dizaynni tayyorlagach, uni quyidagi tartibda tanlovga topshiring:

  • Dizayn nomi,
  • 15 ta so’z atrofidagi izoh,
  • Dizaynga ta’rif. Bunda ishlab chiqarish jarayoni, kerakli material va vositalar, va dizaynni to’liq tushuntirib berish uchun kerakli boshqa detallar yozilishi zarur (250 so’zdan oshmagan holda).
  • Dizaynning ko’rinishi va qanday ishlashini ko’rsatuvchi 2 ta surat. Ishtirokchi qo’shimcha tarzda yana 6 ta surat yuborishi ham mumkin.

Dizaynni tanlov uchun yuborishda dizaynning foydalanuvchi va jamiyat ehtiyojlariga mosligi, foydalanganda yoqimli va chiroyli bo’lishi hamda originalligi haqida qisqa izohlarni ham yozish kerak bo’ladi. Ushbu ma’lumotlarning barchasi ingliz tilida yoziladi.

Savollaringiz bilan office@lexusdesignaward.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!