×

Germaniya: yoshlar uchun 4 kunlik sammit – borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari to’liq qoplanadi!


Grant

MUHLAT

08.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

10366 marta

One Young World (OYW) butunjahon forumi 18-30 yoshdagi barcha liderlarni o’zining navbatdagi, 2020-yil 14-17-oktabr kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida bo’lib o’tadigan bo’lib o’tadigan One Young World Summit sammitiga taklif etadi. Sammitda yoshlar xalqaro global muammolar, ularni bartaraf etish yo’llari hamda barqaror rivojlanish maqsadlari borasida amalga oshirgan ishlari, g’oya va takliflari bilan ishtirok etadilar. Yig’inda Osiyo mintaqasidan bo’lgan yetakchi yoshlar uchun alohida Leading Asia Scholarship 2020 grant dasturi mavjud. Dasturda qatnashish istagidagi O’zbekistonlik yoshlar shu mintaqa uchun ajratilgan grant dasturiga ariza berishlari mumkin. Sammit nihoyasiga yetgach, barcha ishtirokchilar ona yurtlariga qaytib, orttirgan tajribalari bilan mamlakatlari rivojiga hissa qo’shishlari nazarda tutilgan.

Grant kimlar uchun?

Yosh liderlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sammitda nomzodlar Delegat yoki Ambassador sifatida ishtirok etishlari mumkin. Yig’inda birinchi marotaba ishtirok etayotgan qatnashchilar Delegatlar deyiladi va ular sammitdagi ishtiroklari uchun 2 855 dan 3 915 funt sterlinggacha (turar joyni o’z ichiga olish yoki olmasligiga qarab) mablag’ to’lashlari zarur.

Ambassadorlar OYW sammitida oldin ishtirok etgan qatnashchilar bo’lib, ular sammitdagi ishtiroklari uchun 1 655 dan 2 715 funt sterlinggacha (turar joyni o’z ichiga olish yoki olmasligiga qarab) mablag’ to’lashlari zarur.

Sammitda qatnashish istagidagi yosh liderlar Leading Asia Scholarship 2020 grant dasturida ishtirok etishlari va quyidagi imtiyozlarga ega bo’lishlari mumkin:

  1. 2020-yil Germaniyaning Myunxen shahrida bo’lib o’tadigan One Young World sammitida qatnashish imkoniyati
  2. Sammit davomida (14-17-oktabr kunlari) mehmonxonada bepul turar joy (belgilangan xonadosh bilan)
  3. Bepul nonushta, tushlik hamda kechki taom
  4. Bepul transport hizmati
  5. Sammit davomidagi kerakli asbob – anjomlar va tarqatma materiallar
  6. Qatnashchining ona yurtidan Londonga borish va qaytish uchun aviachipta (borish – kelish parvozlari bir manzildan amalga oshirilishi zarur)

Nomzodlar viza olish uchun ketadigan (Shengen vizasini olish uchun 90 USD to’lov va x.k) xarajatlarni o’zlari qoplashlari zarur.

Grantning manfaatli jihatlari haqida batafsil bu yerda bilib oling. Sammitda qatnashish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Leading Asia Scholarship 2020 grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod quyidagi talablarga javob nerishi zarur:

  1. Nomzod Osiyo mintaqasi davlatlaridan birining fuqarosi bo’lishi zarur. Batafsil
  2. Nomzod 18-30 yoshda bo’lishi kerak.
  3. Nomzod o’z jamiyatining faol a’zosi bo’lishi kerak
  4. Nomzod yetakchilik qobiliyatini namoyon eta olishi kerak
  5. Nomzod jamiyatdagi ijobiy o’zgarishlarga qo’shgan hissasini stipendiya hay’atiga ko’rsata olishi zarur
  6. Nomzod innovatsion g’oyalar taqdim eta olishi, mahalliy/global muammolarga samarali yechim taklif etishi zarur
  7. Sammit yakunida barcha Delegatlarga Ambassador darajasi beriladi va OYW’ning keyingi yig’inlarida chegirma bilan ishtirok etish huquqi beriladi
  8. Saralash jarayonida sammitda birinchi marta qatnashayotgan nomzodlarga ustunlik beriladi
  9. Dasturga topshiriladigan arizalar sonining juda ko’pligini hisobga olgan holda saralash bosqichi natijalari faqat omadli nomzodlargagina ma’lum qilinadi.
  10. Saralash bosqichidan o’tgan barcha nomzodlarga grant o’rinlari berilishi kafolatlanmaydi.

Ishtirokchilarga qo’yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Leading Asia Scholarship 2020 grant dasturida qatnashish uchun onlayn ariza topshirish yetarli bo’ldi. Arizalar 2019-yilning 15-aprelidan kechiktirmasdan topshirilishi zarur. Saralash bosqichidan omadli o’tgan nomzodlar ro’yxati may oyining oxirida e’lon qilinadi va OYW ma’muriyati ular bilan bog’lanadilar.

Hujjatlarga qo’yilgan talablar

Dasturda qatnashish uchun topshirldigan ariza quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvofiq:

  1. Arizani ingliz tilida to’ldiring
  2. Arizada bu sohada qanday ishlarni amalga oshirganingiz, qaysi jihatingiz bilan boshqalardan ajrab turishingiz haqida yozishni unutmang
  3. Arizada sammit mavzusiga oid maqola, video qo’llanma yoki ishlanmalaringiz joylashgan havola (link)ni ko’rsatib o’ting
  4. Arizani taqdim etishdan oldin uni yaxshilab o’qib chiqing
  5. Arizani jo’natishdan oldin undan o’zingiz uchun nusxa saqlab qo’ying
  6. To’liq bo’lmagan arizani topshirmang
  7. Agar muvaffaqiyatga erisha olmasangiz aslo tushkunlikka tushmang. Siz OYW tomonidan yil davomida tashkillashtiriladigan bir qancha loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy saytidan yoki savol–javoblardan olishingiz va savollar bilan  info@oneyoungworld.com.ga murojaat qilishingiz mumkin.

E-mail: oyw@wearesevenhills.com
Tel: +44 207 199 2200

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!