×

Magistratura va doktorantura uchun Meksika davlati grantlari


Grant

MUHLAT

31.08.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Meksika

O'QILGAN

1447 marta

Meksika davlati Tashqi ishlar vazirligi hamda Meksika Xalqaro Rivojlanish Hamkorlik tashkiloti xorijiy davlatlar fuqarolarini Meksikada mutaxassisliklar bo’yicha o’qish, magistratura, doktoranturada o’qish hamda ilmiy tadqiqot olib borish uchun turli dasturlarga o’qishga chorlab, 2016-yilgi Meksika davlat grantlarini taklif qiladi.

Grantlar magistratura va doktoranturani birlashtirgan o’qish dasturlariga, masofadan turib o’qish hamda onlayn o’qish dasturlariga berilmaydi.

Grant kimlar uchun?

XORIJIY TALABALAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant oylik stipendiya, o’qish xarajatlari, tibbiy sug’urta, xalqaro va ichki safar xarajatlarini qoplaydi.

Talablar:

Kim uchun:

Magistratura uchun bakalavr diplomiga, doktorantura uchun magistratura diplomiga, doktoranturadan yuqori darajalar uchun esa doktorantura darajasiga ega;

Eng oxirgi diplomida 10 baholash tizimida 8 ball to’plagan;

Meksikadagi universitetlardan biriga qabul qilingan;

SHU YERDAgi davlatlar fuqarolari (Ular orasida O’zbekiston ham bor) qatnasha oladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizalar arizachilardan to’g’ridan to’g’ri qabul qilinmaydi. Grant dasturiga arizalar arizachining o’z davlatida yoki unga yaqin davlatda joylashgan Meksika davlatining elchixonasi orqali topshiriladi. Dasturga ariza topshirishning so’nggi muhlati 2015-yil 31-avgust.

Ariza to’ldirishdan oldin grant dasturining shartlari bilan SHU YERDA tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!