Deadline: Qaysi yo’nalishni tanlaganlikka qarab hujjat topshirish muhlati farq qiladi.
Germaniyaning Gyote (Geothe) universiteti magistratura bosqichida o’qishni xohlovchi mahalliy va xalqaro talabalar uchun stipendiya dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur o’z sohasini va o’zining akademik karyerasini rivojlantirishni istovchilarni iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Stipendiya berilishi mo’ljallangan talabalar soni: 20 ta.
O’qish sohasi: Nomzod Gyote universitetida mavjud bo’lgan istalgan magistrlik yo’nalishini tanlashi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Stipendiyani qo’lga kiritganlar 1000 yevro miqdoridagi oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
Dasturga qabul jarayoni:
- Gyote universiteti magistratura portalida berilgan ariza. Ushbu arizani o’zingiz xohlagan yo’nalishni tanlagandan so’ng yuklab olishingiz mumkin. Yo’nalishlar ro’yxati – SHU YERDA. Arizada so’ralgan hujjatlar yo’nalishga qarab biroz farq qilishi mumkin.
- CV.
- Motivatsiya xati (namuna tanlangan yo’nalishda berilgan).
- Tavsiyanoma (namuna tanlangan yo’nalishda berilgan).
- Ingliz tili yoki nemis tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi hujjat (IELTS, TOEFL yoki Zentrale Mittelstufenprüfung). Ba’zi yo’nalishlar faqat nemis tilida o’tiladi, yo’nalishni tanlayotganda e’tibor qaratish lozim. Ingliz tiliga talablar ham yo’nalishga qarab farq qilishi mumkin. Asosan IELTS dan 6.5 talab qilinadi.
- Tanlangan yo’nalishda so’raladigan alohida hujjatlar mavjud (bakalavr diplomi, diplom ilovasidan nusxa va hk). Ular magistrlik yo’nalishiga ro’yxatdan o’tilayotganda topshiriladi.
Grant e'lon qilgan tashkilot:
Geothe UniversityAriza topshirish muddati: Hujjat topshirish muddati tanlangan yo’nalishga qarab farq qiladi. Yo’nalishni tanlaganingizda shu yo’nalishga hujjat topshirish muddati ko’rib olinishi lozim.