×

Makedoniya hukumatining xalqaro talabalarga bakalavr darajasi uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

31.07.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Makedoniya

O'QILGAN

1673 marta

Makedoniya Respublikasining Ta’lim va Fan vazirligi Makedoniyaning davlat universitetlarida o’qish uchun xalqaro talabalarni to’liq grant dasturiga taklif etadi. O’qish makedon tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori:

  • Ta’lim xarajatlari;
  • Viza va shunga tegishli boshqa xarajatlar;
  • Makedoniyadan o’z davlatiga ketish xarajatlari;
  • Turar-joy;
  • Oyiga 5000 MKD (120 dollar) stipendiya;
  • Makedon tilini tez o’rganish uchun bepul kurs.

Talablar:

Kim uchun:

  • Maktab diplomiga ega yoki maktabning (kollej, litsey) oxirgi sinfida o’qiyotgan;
  • O’z davlatidan Makedoniyaga kelib ketish xarajatlarini o’zi qoplay oladigan;
  • 28 yoshdan oshmagan;
  • Ingliz tilini yaxshi biladiganlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

  • Ariza shakli SHU YERDA;
  • Maktab shahodatnomasi;
  • Maktab shahodatnomasining baholar kitobi;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijalari;
  • Muqaddam jinoyat sodir qilmaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  • Sog’lig’i to’g’risida tibbiy ma’lumotnoma (OITS va Gepatit C ga qarshi test natijalari ham);
  • 5 yilga yaroqli pasportining nusxasi;
  • 2 ta shaxsdan tavsiyanoma.

Barcha ariza hujjatlari ingliz tilida bo’lishi kerak yoki ingliz tiliga rasman tarjima qilingan bo’lishi lozim.

Barcha ariza hujjatlari quyidagi manzilga yuborilishi  lozim:

Ministry for Education and Science of the Republic of Macedonia
Saints Cyril and Methodius Street, No.54
1000 Skopje
Republic of Macedonia

Ariza hujjatlarini pochta orqali yuborish bilan birgalikda, arizachilar barcha ariza hujjatlarining skanerdan o’tkazilgan variantini biljana.zafirovska@mon.gov.mk manziliga yuborishi ham lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!