×

Qirgʻiziston: Maktab, kollej, litsey oʻquvchilari va talabalar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik konferensiya!


Grant

MUHLAT

05.04.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

7496 marta

C5+1 Youth Council tashkiloti “Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda suv inqirozi hamda iqlim oʻzgarishi muammolari” mavzusidagi 3 kunlik konferensiyaga arizalar qabul qilmoqda. Konferensiya 2022-yil 8-10-aprel kunlari Qirgʻizistonning Osh shahrida joylashgan Osh davlat universitetida boʻlib oʻtadi. Konferensiya ingliz tilida oʻtkaziladi.

Ushbu konferensiya maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida suv inqirozi va iqlim oʻzgarishi muammolari haqidagi ogohlikni oshirish maqsadida tashkil etilmoqda. Konferensiya BMT modeli (Model UN) formatida oʻtkazilib, Markaziy Osiyodan boʻlgan ekspertlar va atrof-muhit tadqiqotchilari ham ishtirok etadi va unda ehtimoliy yechimlar haqida muhokama qilinadi.

Konferensiya quyidagi mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi:

  • taqdimotlar
  • seminarlar
  • munozalar
  • yechim haqida ish yozish seanslari

Ishtirokchilar oʻz jamiyatlaridagi suv muammolarini hal qilish uchun tinchlik oʻrnatishga qaratilgan dialoglar, muzokaralar, ziddiyatlarni hal qilish va innovatsion yondashuvlar targʻib qilish boʻyicha loyiha takliflari gʻoyalarini muhokama qiladi. Eng yaxshi gʻoyalar C5+ YC tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladi.

Konferensiyaga jami 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Maktabning 10, 11, 12-sinf oʻquvchilari, litsey, kollej oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasasi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyaga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Qatnashish bepul.
  • Turar joy va oziq-ovqat taʼminalanadi.
  • Safar xarajatlari quyidagi tartibda qoplanadi:
    – Bishkekda boʻlib turgan Markaziy Osiyo va Afgʻonistonlik ishtirokchilar uchun Bishkekdan Oshga borish va kelish aviachiptalari xarajati qoplanadi.
    – Oʻzbekistondan boruvchi ishtirokchilar uchun Namangan va Toshkent shahridan Oshga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (Oʻzbekistonning boshqa hududlaridan boʻlgan ishtirokchilar Namangan yoki Toshkentga oʻzlari borishi kerak).
    – Qozogʻistonda boʻlib turgan ishtirokchilar uchun Olmotadan Oshga borish va qaytish aviachiptalari xarajati qoplanadi.
  • Konferensiyadagi eng yaxshi gʻoyalar moliyalashtiriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Ingliz tilida muloqot qila oladigan maktabning yuqori sinf (10, 11 va 12-sinf) oʻquvchilar, litsey/kollej oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston yoki Afgʻoniston fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Suv inqirozi va iqlim oʻzgarishi muammolariga qiziqish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 4-aprel, soat 22:59 gacha qabul qilinadi. Ariza ingliz tilida toʻldiriladi (til sertifikatiga ega boʻlish shart emas). Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

Savollaringiz boʻlsa, C1+ YC tashkilotining telegram guruhida soʻrashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!