The Trust for Sustainable Living tomonidan tashkil etilgan xalqaro insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovda boshlang’ich va o’rta maktab o’quvchilari ingliz tilida yozilgan insholari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlov mavzusi: “Protecting biodiversity”.
Tanlovga “How can we protect biological diversity and stop the 6th mass extinction?” mavzusidagi insholar qabul qilinadi. Bunda o’quvchilar BMT’ning 2011-2020 yillari oralig’idagi, bio xilma-xillikka bag’ishlangan 10 yilligida bio xilma-xillikni yaxshilash borasida qo’yilgan maqsadlarning ko’pchiligi amalga oshmagani va endi qanday qadamlar tashlanishi kerakligi masalasiga o’z fikrlarini bildirishlari kerak.
Grant kimlar uchun?
Maktab o'quvchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Insholar tanlovining g’olibiga TSL Sammitida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi va qo’shimcha 500 funt sterling mablag’ taqdim etiladi. G’olibga kubok sovg’a qilinadi.
10 nafar eng yaxshi insho mualliflarining har biri medal va turli sovg’alar uchun vaucherlar bilan taqdirlanadilar.
Talablar:
-
- Tanlovda 7-17 yoshdagi o’quvchilar ishtirok etishlari mumkin.
- Tanlovga “How can we protect biological diversity and stop the 6th mass extinction?” mavzusida ingliz tilida yozilgan insholar qabul qilinadi.
- Insho hajmi 7-11 yoshdagi bolalar uchun 400 so’z, 12-17 yoshdagilar uchun 600 so’zdan oshmasligi kerak.
- Insholar originalligi va kreativligiga, hamda tanlov mavzusida foydali bahs-munozaralarga sabab bo’lishiga asosan baholanadi. Baholashda ishtirokchining yoshi ham inobatga olinadi.
- Boshqa manbalardan ko’chirilgan insholar tanlovdan chetlashtiriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Insholar tanloviga 2020-yil 23-dekabrgacha ariza berish mumkin. O’quvchilar tanlovda ustozlari yordamida ishtirok etishadi: bunda o’quvchining maktabidan bitta “Teacher Champion” tanlanib, u maktabdagi tanlovda ishtirok etish istagidagi barcha o’quvchilarning insholarini jamlab topshiradi. Teacher champion sifatida bu yerda ro’yxatdan o’tiladi.
Natijalar 15-fevralda e’lon qilinadi.
Insho yozish uchun g’oyalarni topishda bu yerda ko’rsatilgan manbalar yordam beradi.