×

Malaysia International Scholarship: Malayziyada magistratura yoki doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant


Grant

MUHLAT

30.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

3317 marta

Malaysia International Scholarship (MIS) dasturi Malayziya hukumati tomonidan dunyo boʻylab turli davlatdan Malayziya universitetlaridan birida magistratura va doktoranturada oʻqish uchun kelgan bilimli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Dastur davomida Malayziyaning 20 ta davlat va 4 ta xususiy universitetida quyidagi yoʻnalishlarda magistratura yoki doktoranturada oʻqishni davom ettirishlari mumkin:

  • Education
  • Arts and Humanities
  • Social Sciences, Journalism, and Information
  • Business, Administration, and Law
  • Natural Sciences, Mathematics, and Statistics
  • Information and Communication Technologies
  • Engineering, Manufacturing, and Construction
  • Agriculture, Forestry, Fisheries, and Veterinary
  • Health and Welfare. Dastur tibbiyot, hamshiralik va dorixona yoʻnalishlari uchun amal qilmaydi.

Universitetlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Ushbu dastur butun oʻqish davri uchun moʻljallangan boʻlib, quyidagi tartibda amal qiladi:

  • Magistratura uchun: maksimal 24 oy.
  • Doktorantura uchun: maksimal 36 oy

Dastur toʻliq kunduzgi taʼlim (full-time) shaklda boʻlib, ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki doktoranturada oʻqimoqchi boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Oʻqish kontrakt toʻlovidan ozod etiladi.
  • Oylik 1500 ringgit (taxminan 320 AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Talablar:

Dasturda ishtirok etish uchun talablar:

  • Nomzod roʻyxatda berilgan davlat fuqarosi boʻlishi kerak. Roʻyxatda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa davlatlar mavjud.
  • Yuqorida berilgan Malayziya universitetlaridan birida oʻqishga topshirgan va/yoki qabul qilingan boʻlishi kerak. Hozirda berilgan Malayziya universitetlarida oʻqiyotgan talabalar ham topshirishi mumkin. Bunda oʻqishi tugashiga kamida 2 semestr qolgan boʻlishi kerak.
  • Magistraturada oʻqish uchun 40, PhD uchun 45 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak. GPA kamida 3.0 (60-69%) boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yetarlicha bilish kerak. Kamida IETLS 6.0, TOEFL PBT 550 talab qilinadi. Agar oʻqishni toʻliq ingliz tilida tugatgan boʻlsa, til sertifikati majburiy emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar 2024-yil 30-iyunga qadar BU YERDAN roʻyxatdan oʻtishi va ariza topshirishlari kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Xalqaro pasport nusxasi. Bunda kamida 6 oy amal qilish muddati mavjud boʻlishi kerak.
  • CV/rezyume.
  • Akademik transkriptlarning tasdiqlangan nusxasi. PhD uchun bakalavrdan tashqari, magistrlik transkriptlari ham talab etiladi. Oldingi oʻquv dasturlari davomida olingan barcha kurslarning baholari rasmiy tasdiqlangan nusxasini topshirilishi kerak.
  • Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS/TOEFL) nusxasi yoki oldingi oʻquv kurslari ingliz tilida oʻtilganligi haqida rasmiy xat.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Berilgan Malayziya universitetlaridan qabul xati (agar mavjud boʻlsa).
  • Tadqiqot rejasi. (PhD uchun).

MUHIM: barcha hujjatlar ingliz tilida, PDF shaklda boʻlishi kerak. Boshqa tildagi hujjatlar ingliz tiliga rasmiy tarjima qilingan va tasdiqlangan holda taqdim etiladi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval ariza topshirish yoʻriqnomasi va koʻp berilgan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Qoʻshimcha murojaatlar uchun: international@mohe.gov.my

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!