×

Malayziya: Talabalar va oʻquvchilar uchun xalqaro sammit!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

3649 marta

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2020-yil 23-25 yanvar kunlari tashkil etilayotgan Global Goals Youth Summit 2020 xalqaro sammitida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Sammitda yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda qashshoqlik, migratsiya, iqtisodiyot va ta’lim kabi ishsizlik darajasiga bog’liq koʻrsatkichlarni muhokama qilish va yechimlar ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Sammitda yoshlarni ish bilan ta’minlash va buni moliyalashtirish va sifatli olib borish kabi masalalar tahlil qilinadi. Sammitda turli bahslar, nutqlar, seminar va ma’ruzalar boʻladi hamda yoshlar ishsizligi va Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari’ning 7 ta maqsadi va ishsizlik oʻrtiasidagi bog’liqlik oʻrganiladi.

Yoshlar aholining eng kreativ va kuchga toʻlgan, eng umidli va eng tirishqoq qatlami hisoblanadi. Ular katta imkoniyatlarga ega guruh, lekin Osiyo-Tinch okeani mintaqasida aholining 15-24 yoshdagi qatlamining bor yoʻg’i 20 foizi ish bilan ta’minlangani bois yoshlar ishsizlarning katta qismini tashkil qiladi. Yoshlarning ish bilan ta’minlangan qismi ham past maoshli, past darajali qora ishlar bilan shug’ullanishga majbur, chunki nufuzli lavozimlar oliy ma’lumotli va tajribali mutaxassislar uchun moʻljallanadi. Natijada bu ishsizlik oqibatida iqtisodiyot, gender, qashshoqlik, barqarorlik va shu kabi muhim koʻrsatkichlarga ham ta’sir qiladi. Sammit shu muammolarnin yechimini izlashga bagʻishlangan.

Grant kimlar uchun?

16 dan 30 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi va talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sammitda ishtirok etish pulli. Sammit vaqtidagi ovqatlanish, mashg’ulot, konsert va koʻngilochar tadbirlarda qatnashish hamda sammit materiallaridan hoydalanish kabi asosiy ehtiyojlar qatnashchilar uchun tashkillashtirib beriladi va buning uchun yagona ishtirok toʻlovi sifatida haq olinadi. Sammitda qatnashish toʻlovi 350 AQSh dollar. Erta ariza topshirgan nomzodlarga 50 AQSh dollar chegirma qilinadi. Toʻlov ichida turar joy, kechki ovqat ham kiradi.  Konferensiya soʻngida qatnashchilarga sertifikatlar topshiriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod dunyoning istalgan hududidan boʻlishi mumkin.
  2. Nomzodning yoshi 16dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  3. Nozmod qatnashish vaqti oʻquvchi yoki talaba boʻlishi kerak.
  4. Nomzod BMTning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga qiziqishi va sammit mavzusini tushunishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Sammitda ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish kifoya. Sammitda ishtirok uchun arizalar topshirish muhlati koʻrsatilmagan. Avvalgi yilda hujjatlar 1-yanvarga qadar qabul qilingan, bu yil ham shu sanagacha hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.

Batafsil ma’lumotni sammit rasmiy sahifasidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!