Magistratura bosqichini Malayziyada o’qishni xohlovchilar uchun Malayziya hukumati MTCP to’liq grant dasturini taklif qiladi. Dastur Malayziyada joylashgan ushbu universitetlardan birida magistraturada o’qishni to’liq moliyalashtiradi. Grant belgilashda quyidagi yo’nalishlardagi dasturlarga ustunlik beriladi:
- Sun’iy intellekt
- Kiberxavfsizlik
- Raqamli transformatsiya
- Iqtisodiyot
- Muhandislik, matematika, ilm-fan va texnologiya (STEM)
- Oziq-ovqat xavfsizligi
- Islomiy moliya
- Huquq
- Davlat boshqaruvi va siyosatshunoslik
- Ekologiya va barqaror rivojlanish.
Grant jami 24-36 oy uchun belgilanadi.
Eslatma: Tibbiyot, hamshiralik va klinik farmatsevtika yo‘nalishlari uchun grant berilmaydi.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Ushbu grantni yutgan talabaning kontrakt to’lovi magistratura kursi yakunigacha to’liq qoplab beriladi (24-36 oy).
- Oyiga RM 3500 (taxminan 825 AQSh dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
- Malayziyaga borish va o’qish yakunida qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplab beriladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Nomzod ro’yxatda ko’rsatilgan universitetlardan biriga magistraturaga qabul qilingan bo’lishi/qabul qilinishi kerak. Hujjat topshirganda qabul xati talab qilinadi.
- Ariza topshirish vaqtida yoshi 45 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
- Bakalavr bosqichida kamida 3.0 GPA yoki shunga teng baho olgan bo‘lishi lozim.
- Nomzod kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 60 ball sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzodning sog‘lig‘i yaxshi bo‘lishi kerak. Salomatlik to’g’risida ma’lumotnoma topshirish majburiy.
- Nomzodlar akademik va boshqa sohalardagi yutuqlari hamda ingliz tilidagi mahorat darajasiga ko’ra saralanadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga hujjat topshirish uchun avval magistraturaga qabul xatini olish talab qilinadi. Buning uchun ushbu ro’yxatdagi universitetlarga hujjat topshirib, tezroq qabul xati oling.
MTCP dasturiga onlayn arizalar 2025 yil 18-iyungacha bu yerda qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
- Magistraturaga qabul xati.
- 2 ta tavsiyanoma: ushbu shaklda topshiriladi.
- Tibbiy ma’lumotnoma: ushbu shaklda topshiriladi.
- Pasport nusxasi.
- Bakalavr diploma va baholar ilovasi.
- Ingliz tili sertifikati: TOEFL, IELTS, PTE, CAE, CPE va MUET sertifikatlari qabul qilinadi.
- CV.
Barcha hujjatlarni PDF shaklida yuklash zarur. Dasturga qabul jarayoni bilan ushbu qo’llanmada batafsil tanishing.
Ko’p so’raladigan savollar va ularga javoblar bu yerda ko’rsatilgan.
Grant tashkilotchilariga savollaringizni mtcp_scholarship@kln.gov.my manziliga yo’llashingiz mumkin.