Gong Kongda joylashgan Malvern College maktabi tomonidan taqdim etiladigan Leadership Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Malvern College Buyuk Britaniya maktabi hisoblanadi va maktabda Buyuk Britaniya dasturi bo’yicha ta’lim beriladi. Malvern College’da “Sixth form” deb ataluvchi kurs 11 yillik maktab tamomlangach, 12 va 13-sinf dasturi sifatida bakalavr kursiga tayyorlov uchun o’qitiladi. Ledership Scholarship granti shu kursga qabul qilingan iqtidorli yoshlar uchun ajratilgan. Sixth form kurslarini tamomlagan o’quvchilar IB Diploma bilan taqdirlanadilar. Sixth form haqida batafsil
Grant kimlar uchun?
11-sinfni tamomlagan yoki tamomlayotganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Leadership Scholarship grantini yutib olgan o’quvchilar sixth form kursi o’qish to’lovidan ozod etiladilar. O’quvchilarga o’z sohalarida yetakchi va kuchli mutaxassislarga aylanishlari va ijtimoiy faol hayot kechirishlari uchun turli dasturlar orqali ta’lim beriladi.
Talablar:
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod zehnli, shijoatli, kuchli motivatsiya va yetakchilik sifatlari ega shaxs bo’lishi kerak. Grantlar atrofdagilarga ijobiy o’rnak bo’la oladigan, jamiyat uchun foydali ishlar qila oladigan, o’qish va shaxsiy hayotida yuqori natijalarga erishgan o’quvchilarga beriladi.
- Nomzod 11 yillik ta’limni dasturini tamomlagan va baholari yuqori bo’lishi kerak.
- Nomzod 16 yosh yoki undan katta bo’lishi zarur.
- Nomzod Malvern College sixth form dasturida o’qish uchun hujjat topshirishi kerak.
- Nomzod ijtimoiy va akademik jihatdan faol bo’lishi va o’zi erishgan yutuqlarini ko’rsatib berishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
1-qadam. Sixth form dasturiga o’qishga ariza topshiring. Arizalar bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirish jarayoni va hujjatlar ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan.
2-qadam. Kursga ariza topshirilgach, Leadership Scholarship granti uchun arizani to’ldirib, topshiring. Kurs va grantga arizalar 2020-yil 9-oktyabrgacha qabul qilinadi. Grantga ariza topshirish jarayonida o’quvchi maktab rahbari tavsiyanomasi (bu yerda) va sinf rahbari tavsiyanomasini (bu yerda) ham taqdim etishi kerak.
Hujjat topshirgan nomzodlar onlayn tekshiruv va testdan o’tishlari kerak bo’ladi. Testdan yetarli baholar bilan o’tgan nomzodlar final bosqichida turli prezentatsiyalar qilish va guruh mashg’ulotlarida qatnashish orqali o’z imkoniyatlarini namoyish etishlari kerak bo’ladi. Hujjat topshirilgach, saralash jarayoni bilan batafsil tanishish mumkin bo’ladi.
Ma’lumot uchun +852 3898 4688 raqami yoki admissions@malverncollege.org.hk elektron manzili orqali Malvern College bilan bog’lanishingiz mumkin. Savollaringiz bo’lsa, ko’p so’raladigan savollarga javoblar bilan tanishib chiqing.