Apple kompaniyasining 2021-yil yozgi amaliyot dasturi – MBA Internships – Summer 2021 uchun arizalar qabul qilinmoqda. Amaliyot Apply’ning Kaliforniya (AQSh) shtati Santa Klara vodiysida joylashgan ofisida bo’lib o’tadi. Dasturga biznesni boshqarish bo’yicha magistratura kurslarida (MBA) tahsil olayotgan talabalar quyidagi bo’limlarda amaliyot o’tash uchun qabul qilinadilar:
Central Operations
E-Commerce
Marketing
Merchandising
Planning & Technology
Sales & Service
User Experience
Grant kimlar uchun?
MBA kurslari talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Amaliyot dasturida ishtirok etish orqali dunyoning eng nufuzli kompaniyalaridan biri hisoblangan Apple kompaniyasiga tashrif buyurish, uning o’zingiz tanlagan bo’limida ishlash va CV’ingiz uchun foydali qo’shimcha qilish imkoniga ega bo’lasiz. Batafsil
Amaliyotchilarga qanday moliyaviy imtiyozlar berilishini amaliyot uchun suhbat davomida aniqlashtirishingiz mumkin bo’ladi.
Talablar:
- Nomzod MBA kursi talabasi bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
- Nomzod o’zi tanlagan bo’lin yo’nalishiga doir bilimlarni chuqur egallagan bo’lishi kerak.
Nomzodning sifatlari:
- Strategik va tafsilotlarga yo’naltirilgan fikrlash;
- Muammolarni hal qila olish;
- Bir nechta funksional guruhlarga ta’sir o’tkazish;
- Dinamik va tez o’zgaruvchan muhitga moslashuvchanlik;
- Ilg’or tahlil;
- Aniq va tushunarli muloqot mahorati;
- Stress va noaniqlik sharoitida ishlay olish;
- Tafsilotlarga e’tiborlilik va aniq strategiyalar / rejalar bilan chiqish;
- Mijozlarga xizmat ko’rsatishga qiziqish.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar bu yerda topshiriladi. Ariza berish uchun Apple ID, ya’ni, Apple kompaniyasida shaxsiy profil ochishingiz kerak. Profil yaratilganidan so’ng CV va o’qish, ish tarixingizga oid boshqa ma’lumotlar kiritiladi va “submit” tugmasi bosiladi. Ariza berishda email manzili va telefon raqamiga kod yuborilishini hisobga olgan holda, o’zingizga tegishli va tezda tekshirish imkoni mavjud pochta va telefon raqamini kiriting.