A.A.Gromiko nomidagi MDH davlatlarining yosh xalqaro mutaxassislari tanloviga ishlar qabul qilmoqda. Ushbu tanlov A.A.Gromiko nomidagi tashqi siyosat tadqiqotlari assotsiatsiyasi, Rossiya fanlar akademiyasining Yevropa instituti va Belorussiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.
BTanlovda bkalavriat, magistratura, aspirantura bosqichi talabalari, OTM bitiruvchilari, olimlar, oʻqituvchilar, tahlilchilar, diplomatlar, jurnalistlar, tarixchilar, huquqshunoslar, jamiyatshunoslar, politologlar, biznes va boshqa soha mutaxassislari hamda tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.
Tanlov quyidagi 3 ta nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:
- Asosiy nominatsiya: 2024-yil 1-avgust holatiga koʻra, 40 yoshdan katta boʻlmagan aspirantlar, olimlar, oʻqituvchilar, tahlilchilar va diplomatlarning ilmiy maqolalari nominatsiyasi.
- Debyutant nominatsiya: 2024-yil 1-avgust holatiga koʻra, 30 yoshdan katta boʻlmagan OTM talabalari va bitiruvchilarining ilmiy maqolalari nominatsiyasi.
- Esselar tanlovi: 2024-yil 1-avgust holatiga koʻra, 30 yoshdan katta boʻlmagan OTM talabalari va bitiruvchilarining publistik esselari (maqolalari) nominatsiyasi.
Tanlovga hali nashr etilmagan va 30 ming belgidan oshmagan ilmiy maqolalar va tahliliy materiallar qabul qilinadi. Ishlar bir yoki bir necha muallif tomonidan yozilishi mumkin va rus tilida boʻlishi lozim.
Esselar tanlovi nominatsiyasiga quyidagi mavzu boʻyicha yozilgan publistik esselar qabul qilinadi:
- «Новый передел мира: война цивилизаций или баланс макрорегионов?»
- «Культурные войны»: как борьба за переформатирование идентичности человека влияет на мировую политику?»
Qolgan 2 ta nominatsiya uchun topshiriladigan ishlar quyidagi mavzulardan biri boʻyicha yozishilishi kerak:
- Научная дипломатия как ресурс формирования Большой Евразии.
- Роль и место Центральной Азии и Закавказья в евразийской интеграции,
- Дипломатическое наследие А.А.Громыко.
- Роль ООН, ее прошлое и будущее в системе международных отношений.
- Контуры нового миропорядка: вызовы и возможности для России и стран СНГ.
- «Тотальная санкционная война»: правовой статус, последствия и методы противодействия.
- Угрозы конфликтов и инструменты укрепления безопасности в Евразии.
- Великая Отечественная война и Вторая мировая война: проблема сохранения исторической памяти и борьба с фальсификацией истории.
- Перспективы интеграционных проектов на постсоветском пространстве: Союзное государство Беларуси и России, ЕАЭС, СНГ, ОДКБ.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat, magistratura, aspirantura bosqichi talabalari, OTM bitiruvchilari, olimlar, oʻqituvchilar, tahlilchilar, diplomatlar, jurnalistlar va boshqa soha mutaxassislari hamda tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:
Asosiy nominatsiya boʻyicha gʻoliblar uchun mukofotlar:
- 1-oʻrin: noutbuk.
- 2-oʻrin: planshet.
- 3-oʻrin: smartfon.
- Gʻoliblarning ilmiy ishlari yetakchi ilmiy jurnallarda chop etiladi.
Debyutant nominatsiya boʻyicha gʻoliblar uchun mukofotlar:
- 1-oʻrin: aqlli soat.
- 2-oʻrin: fitnes-braslet.
- 3-oʻrin: tashqi xotira qurilmasi (HHD).
Esselar tanlovi nominatsiyasi gʻoliblari qimmatbaho sovgaʻalar bilan taqdirlanadi.
Barcha finalistlarning ishlari ilmiy ishlar toʻplamida chop etiladi.
Kamida 50 nafar finalist 2024-yil iyulda Moskvada boʻlib oʻtadigan tanlovning final bosqichi – Finalistlar forumiga taklifnoma oladi. Bunda final bosqichiga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (safar, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari) tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. Finalistlar ushbu forumda oʻz ishlarini himoya qiladi. Finalistlar diplom va esdalik sovʻgalar bilan ham taqdirlanadi.
Shuningdek, ishlar himoyasi jarayonidagi muhokamalar natijasiga koʻra, hakamlar hayʼati gʻoliblarni quyidagi imtiyozlar bilan tadqirlashi ham mumkin:
- Ilmiy tadqiqot loyihasi, monografiyani nashr qilish yoki Rossiyadagi konferensiyalarda qatnashish uchun grant.
- Rossiyaning yetakchi OTMlarida, jumladan, Moskva davlat xalqaro aloqalar institutida malak oshirish uchun grant.
- Yevroosiyo iqtisdoy komissiyasi, Moskva davlat xalqaro aloqalar institutida amaliyot oʻtash uchun tavsiyanoma.
Talablar:
Tanlov ishtirokchilar va topshiriladigan ishlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Tanlovda MDH davlatlari fuqarolari qatnashishi mumkin (Oʻzbekiston bu davlatlar roʻyxatiga kiradi).
- 2024-yil 1-avguts holatiga koʻra, asosiy nominatsiya ishtirokchilari 40 yoshdan, qolgan nominatsiyalar ishtirokchilari 30 yoshdan oshmagan boʻlishi kerak.
- Ishlar rus tilida boʻlishi lozim.
- Asosiy nominatsiya va debyutant nominatsiya uchun topshiriladigan ilmiy ishlar BU YERDAGI talablarga mos ravishda tayyorlanishi kerak.
- Esselar tanlovi nominatsiyasiga topshiriladigan ishlar erkin formatda tayyorlanishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovga ishlar 2024-yil 13-maygacha qabul qilinadi. Ishlarni BU YERDA topshirish mumkin (Подать заявку).
MUHIM: Tanlovda qatnashishga kirishishdan oldin quyidagilar bilan batafsil tanishib chiqing:
Savollar yuzasidan info@konkurs-gromyko.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.