Fransiyada joylashgan Université de Paris universiteti magistratura kurslari uchun beriladigan International students MIEM scholarship program grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Fransiya fuqarosi bo’lmagan, barcha millatga mansub, istalgan davlat fuqarosi bo’lgan talabalarga Parij universiteti magistratura kurslarida grant asosida o’qish imkonini beradi. Grantlar har bir fakultet bo’yicha belgilab qo’yilgan ma’lum kurslar uchun beriladi. Bu kurslar ro’yxati bilan bu yerda (gumanitar va ijtimoiy fanlar uchun) va bu yerda (sog’liqni saqlash va tibbiyot fanlari uchun) tanishishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida jami 91 nafar talabaga grant beriladi.
- Faculty of Sciences – 8 000 yevro grant, 35 ta o’rin
- Faculty of Health – 10 000 yevro grant, 28 o’rin
- Faculty of Humanities and Social Sciences – 8 000 yevro grant, 35 ta o’rin.
- IPGP – 10 000 yevro grant, 7 ta o’rin.
Talablar:
- Nomzod Fransiyadan tashqaridagi davlat fuqarosi bo’lishi va Fransiyada yashab kelmayotgan bo’lishi kerak.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak. Qaysi sohadagi bakalavr darajasi talab qilinishi tanlangan kursga bo’g’liq.
- Nomzod grant berilishi mumkin bo’lgan magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
- Nomzod o’zi tanlagan magistratura kursiga qabul uchun til talablariga mos bo’lishi kerak. Til talablari kurs haqidagi sahifalarda ko’rsatilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant va magistratura kursiga alohida arizalar topshiriladi.
Magistratura kursiga hujjat topshirish uchun bu yerdan qo’shma yoki ingliz tilida o’qitiladigan kurslardan birini tanlang.
Grantga ariza berish uchun bu yerdagi ariza shaklini yuklab olib, scholarship.programs.miem-mires@u-paris.fr manziliga elektron pochta orqali yuboring. E-mail sarlavhasiga “21/22 MIEM scholarships candidates – magistratura kursi nomi” ko’rinishidagi matn yozing. Magistratura kursi nomiga siz hujjat topshirgan yoki topshirayotgan kurs yoziladi. Grantga hujjat topshirishning so’nggi muhlati – 1-fevral. Grant berilgan talabalar ro’yxati 15-aprelda email orqali xabar qilinadi.
Murojaat uchun: scholarship.programs.miem-mires@u-paris.fr.