×

Fransiya: Bakalavriat va magistratura bosqichi uchun to’liq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

4469 marta

Fransiya davlatida joylashgan International Fashion Academy Paris (IFA Paris) 2019-yilgi bakalavr hamda magistratura bosqichlari uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar bakalavr bosqichining Fashion design and Technology yo’nalishiga  va magistratura bosqiching Master of Arts Contemporary Fashion Design yo’nalishi uchun mo’ljallangan. Dasturdan asosiy maqsad nafaqat talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash, balki iqtidorli yoshlarni aniqlab ularni jahon moda olamining raqobatdosh dunyosiga olib kirishdir. Grantlar soni cheklanmagan bo’lib , belgilangan talablarga javob bera oluvchi har bir iqtidor egasi ushbu grant sohibi bo’lishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga bilim darajasi hamda moliyaviy holatini hisobga olib, quyidagicha grant ajratilishi mumkin:

  • Full scholarship : ushbu holatda talabaning o’quv kontrakt to’liq qoplab beriladi.
  • Excellence scholarship: ushbu holatda o’quv kontakti 40%  ga qisqartiriladi.
  • Distinction scholarship: ushbu holatda o’quv kontrakti 20% ga qisqartiriladi.

Talablar:

IFA Paris tomonidan e’lon qilingan grant dasturini qo’lga kiritish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

       Bakalavr bosqichi uchun talablar:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  • Nomzod o’rta ta’limni to’liq tugatgan bo’lishi lozim
  • Ro’yhatdan o’tish uchun nomzod 18 yoshga to’lgan bo’lishi yoki IFA Paris da o’qishni boshlaguncha belgilangan yoshga to’lib bo’lishi lozim.
  • Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS dan kamida 5.5 ball yoki TOEFL dan kamida 65 ball) yoki o’rta maktab ta’lim tili ingliz tilida bo’lganligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
  • Ro’yhatdan o’tish uchun talab qilinadigan barcha hujjatlar ( o’rta ta’lim diplomi, Rezume, motivation letter , passport o’lchamidagi fotosur’at, passport nusxasi) ingliz tilida yoki mutaxasis tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.
  • Fashion design and Technology yo’nalishiga ro’yhatdan o’tayotgan nomzodlar shaxsiy dizaynerlik ish namunalarini ham taqdim etishlari lozim.

Qabul jarayonida 150 yevro to’lovni ham amalga oshirish kerak. Nomzod bilan onlayn yoki yuzma-yuz suhbat ham o’tkaziladi.

       Magistratura bosqichi uchun talablar:

  • Magistratura bosqichiga ro’yhatdan o’tmoqchi bo’lgan nomzodlar bakalavr bosqichini Business Administration, Marketing, Media v Communication hamda Fashion Design sohalaridan birida tugatgan bo’lishi lozim.
  • Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS dan kamida 6.5 ball yoki TOEFL dan kamida 79 ball) yoki o’rta maktab ta’lim tili ingliz tilida bo’lganligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
  • Nomzoddan sohaga oid tajriba talab etiladi (amaliyot o’tash dasturlari ham hisobga olinadi)
  • Ro’yhatdan o’tish uchun talab qilinadigan barcha hujjatlar ( bakalavr diplomi, Rezume, motivation letter , passport o’lchamidagi fotosur’at, passport nusxasi) ingliz tilida yoki mutaxasis tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.
  • Master of Arts Contemporary Fashion Design yo’nalishiga ro’yhatdan o’tayotgan nomzodlardan shaxsiy dizaynerlik ishlaridan namunalar so’raladi.

Qabul uchun nomzodlar onlayn imtihon va suhbatdan o’tishlari hamda 150 yevro to’lovni ham amalga oshirish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

IFA Paris grant dasturiga ro’yhatdan o’tish uchun bu yer orqali Shaxsiy akkauntingizni ochishingiz lozim. To’ldirilgan ariza hamda talab qilingan hujjatlar ushbu akkaunt orqali yuboriladi.  Arizani bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

IFA Paris grant dasturi uchun hujjatlar 2019-yil 15- martgacha qabul qilinadi hamda dastur natijalari 15-aprelga qadar e’lon qilinadi. Grant uchun ariza bermoqchi bo’lsangiz, avvaliga bakalavr hamda magistratura kurslariga hujjat topshirish haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak bo’ladi.

Dastur haqida yana  ham to’liq ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz info@ifaparis.com  elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki sayt orqali onlayn so’rovnoma jo’natishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!