×

Xitoy: Magistratura va doktorantura uchun to’liq grant, 500 AQSh dollarigacha oylik stipendiya, bepul turar joy va aviachipta!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2148 marta

MOFCOM stipendiya dasturiXitoy Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Grant asosan 45 yoshgacha boʻlgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish uchun beriladi. MOFCOM Scholarship Chine 2019′ga oʻz Vatanida bakalavr bosqichini oʻqib, keyingi bosqichlarni Xitoyning 26 ta universitetidan birida davom ettirishni xohlagan nomzodlar ariza bera oladilar. Grant magistratura uchun ikki-uch yil, doktorantura uchun uch-toʻrt yil (baʼzan besh yil) ajratishga moʻljallangan.

Grantga talabgorlar oʻqish uchun taʼlim ingliz tilida olib boriladigan dasturlarni tanlaganlari maʼqul. Aks holda, yana qoʻshimcha bir-ikki yil xitoy tilini oʻrganishga toʻgʻri keladi.

Grantni boshqarish Xitoy Stipendiyalar Kengashiga yuklatilgan.

Stipendiatlar quyidagi 26 ta universitet ichidan mos keladiganini tanlashlari mumkin:

  1. Peking University
  2. Tsinghua University
  3. Renmin University of China
  4. Beijing Normal University
  5. Beijing Jiaotong University
  6. University of International Business and Economics
  7. Beihang University
  8. Nankai University
  9. Tianjin University
  10. Jilin University
  11. Fudan University
  12. Shanghai Jiaotong University
  13. Tongji University
  14. East China Normal University
  15. Shanghai University of Finance and Economics
  16. Nanjing University
  17. Zhejiang University
  18. Xiamen University
  19. Shandong University
  20. Wuhan University
  21. Huazhong University of Science and Technology
  22. Wuhan University of Technology
  23. Sun Yat-sen University
  24. Southwest Jiaotong University
  25. Xiʻan Jiaotong University
  26. Harbin Institute of Technology

*Grant haqida toʻliq maʼlumot, universitetlar, ularda mavjud mutaxassisliklar haqida: SHU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq
  2. Bepul turar joy bilan taʼminlanadi,.
  3. Oʻqish tugagunga qadar har oyda magistrlarga 3000 yuan (taxminan 431 AQSH dollari), doktorantlarga 3500 yuan (taxminan 503 AQSh dollari) stipendiya
  4. Tibbiy sugʻurta xarajatlarini toʻlaydi.
  5. Bir martalik borish-kelishga aviachipta olib beriladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Xitoylik boʻlmagan, aqliy va jismoniy sogʻlom fuqarolar.
  2. Magistraturaga hujjat topshirish uchun bakalavr diplomi talab qilinadi.
  3. Doktoranturaga nomzod magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
  4. Nomzodlar 45 yoshgacha boʻlishi zarur.
  5. Tegishli til bilish darajasiga ega boʻlishi (ingliz tili uchun IELTS 6,0 yoki undan yuqori, xitoy tilidagi dasturlar uchun kamida HSK 4 – 180 ball) kerak.

*Xitoyning boshqa stipendiyalari sohiblari bu dasturda ishtirok eta olmaydilar.

Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati va layoqatliligi hamda boshqa qoʻshimcha mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 30-aprelgacha Oʻzbekistondagi Xitoy elchixonasining Savdo-iqtisodiy aloqalar boʻyicha maslahatchisi idorasi (ECCO)’ga topshirilishi kerak. Hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida bo’lishi lozim.

Hujjat topshirish uchun yoʻriqnoma:

  1. MOFCOM stipendiyasiga ariza topshirish uchun http://www.csc.edu.cn/laihua yoki campuschina.org saytiga kiring va Application Online for International Students yozuvini bosing.
  2. “NEXT” yozuvini bosishdan avval “Tips for online application”ni sinchiklab oʻqib chiqing.
  3. Registratsiyadan oʻtish uchun “Create an account” yozuvini bosing.
  4. Registratsiyadan keyin “dastur kategoriyasi”ga Type A ni tanlang va agentlill kodi sifatida 00010 ni toʻldiring.
  5. Onlayn-ariza shaklini toʻldiring, kerakli hujjatlarni yuklang.
  6. Arizani joʻnating.
  7. Arizaning biror qismini oʻzgartirish uchun  Withdraw and Edit the Application yozuvidan foydalanish mumkin. Lekin maʼlumotlarni oʻzgartirgandan keyin qayta Submit qilish kerak.
  8. Arizani yuklab oling va qogʻoz shaklini chop eting.
  9. Arizani imzolang va yaqinda olingan fotosuratingizni biriktiring. Onlayn yuklagan barcha hujjatlaringizning qogʻoz shaklini chop etib, arizaga ilova qiling. Hamma hujjatlarni yigʻma jildga solib, Oʻzbekistondagi Xitoy elchixonasining Savdo-iqtisodiy aloqalar boʻyicha maslahatchisi idorasi (ECCO)ga olib borib topshiring.

Manzil:

Oʻzbekiston Respublikasi, 100052,
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oqqoʻrgʻon koʻchasi, 20-uy.
Telefon: (+99871) 286-18-02; 286-18-39
Faks: (+99871) 286-18-67.
Sayt: http://uz.mofcom.gov.cn 
E-mail: uz@mofcom.gov.cn 

Hujjatlar tarkibi:

  1. Imzo qoʻyilgan va fotosurat biriktirilgan MOFCOM stipendiyasiga ariza (1-qadamda toʻldirgansiz).
  2. Ilmiy daraja diplomi (bakalavr/magistr diplomi).
  3. Diplom ilovasi (oʻqiganligi haqidagi maʼlumotnoma).
  4. Oʻqish rejasi yoki tadqiqot rejasi (kamida 400 ta soʻz).
  5. Jismoniy ekspertiza maʼlumotnomasi
  6. Xitoy tili yoki ingliz tili sertifikati fotonusxasi (xitoy tili kamida HSK 4, ingliz tili kamida IELTS 6,0/TOFEL yoki shunga teng boshqa sertifikat).
  7. Pasport fotonusxasi.

* Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish lozim.

**Onlayn hujjat topshirishda Firefox yoki Internet Explorer (11.0) brauzerlaridan foydalaning. Ilova boshqa brauzerlarda ochilmasligi mumkin.

Natijalar 2019-yilning avgust oyida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil: Level 13, Building A3 No.9 Chegongzhuang Avenue Beijing, P.R.C Postcode:100044

Telefon: +86-10-66093900

Oʻzbekistondagi Xitoy elchixonasining Savdo-iqtisodiy aloqalar boʻyicha maslahatchisi idorasi (ECCO)

Manzil:

Oʻzbekiston Respublikasi, 100052,
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oqqoʻrgʻon koʻchasi, 20-uy.
Telefon: (+99871) 286-18-02; 286-18-39
Faks: (+99871) 286-18-67.
Sayt: http://uz.mofcom.gov.cn 
E-mail: uz@mofcom.gov.cn 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!