×

Moldova: Xalqaro tijorat sohasi vakillari uchun 52 haftalik stajirovka; bepul oziq-ovqat va turar joy; oylik stipendiya – 400 yevro!


Grant

MUHLAT

29.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Moldova

O'QILGAN

2218 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Moldovaning Kishinyov (Chisinau) shahrida joylashgan Picanova group tarkibidagi Rock-IT Team 18 dan 30 yoshgacha nemis va ingliz tilini biladigan International Trade sohasi mutaxassislarini Customer Care Manager stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi 2 nafar nomzod 52 hafta davomida Moldovaning Chisinau shahridagi Picanova group tarkibidagi Rock-IT Team korxonasida Customer Care Manager lavozimida ishlaydi. Amaliyotchilar nemis tilida soʻzlashuvchi mijozlarga xizmat koʻrsatadilar. Amaliyotchilar quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Receiving emails within Customer & Support
  • Responding professionally and friendly to complaints, questions and customer requests
  • Cross-selling
  • Working with databases, introducing the information quckly and accurately into database.

Grant kimlar uchun?

18 dan 30 yoshgacha nemis va ingliz tilini biladigan International Trade sohasi mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 hafta davomida bepul turar joy va oziq-ovqat, kompyuter jihozlari va oylik 400 yevro stipendiya beriladi.

Dastur nomzodning transport xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod International Trade, Other (tijorat va xizmat koʻrsatishga yaqin boshqa sohalar) mutaxassisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod Image Editing, Team Management, Writing, Windows PC Usage koʻnikmalariga ega boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod kamida bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur
  • Nomzod ingliz va nemis tilini yaxshi bilish kerak.
  • Nomzod avval 90 kunlik viza olishi, undan soʻng 1 yillik Moldova rezidentligini olishi kerak boʻladi. Viza olish talablari haqida: shu yerdan ma’lumot oling.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 29-sentabrgacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account oching. Accountni toʻldiring. Accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi. Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  4. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Arizani toʻldirayotganda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar). Mutaxassislikni belgilayotganda accountga “International Trade” va “Other” deb belgilang, boʻlmasa tizim nomzodingizni qabul qilmaydi.
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol beriladi. Savolga javob bering va “Apply”ni bosing. Savoldan tashqari fanga ois test berilishi ham mumkin.

Eslatma:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning CHISINAUdagi vakilidan aiesec.chisinau@aiesec.net  manzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning xalqaro savdo-sotiq sohasiga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, dastur talablariga mosligi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat;  aiesec.chisinau@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!