×

Mukofoti 20 ming yevrolik tatqiqot granti


Grant

MUHLAT

14.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

3814 marta

BCFN (Barilla Center for Food&Nutrition)ning sog’lom va barqaror ovqatlanish mavzusida tatqiqot uchun grant dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi. 2018-yilgi BCFN YES! granti qishloq xo’jaligi oziq-ovqat tizimini yanada barqarorlashtirish (ekologik, ijtimoiy, sog’liqni saqlash va / yoki iqtisodiy jihatlar nuqtai nazaridan) mavzusidagi aniq tatqiqot takliflarini ko’rib chiqadi.

Tatqiqotchilar quyidagi mavzular bo’yicha takliflar berishlari mumkin:

  • Barqaror va sog’lom dietalar;
  • Barqaror qishloq xo’jaligi;
  • Oziq-ovqat xavfsizligi.

BCFN innovatsion, katta ta’sir ko’rsatish kuchiga ega,  natijaga yo’naltirilgan, oziq-ovqat tizimlari va oziq-ovqat qiymati zanjirlarini tizimli yondashuv bilan o’rganadigan, mahalliy bilimlar bilan ilmiy bilimlarni birlashtiradigan ishlarni qo’llab-quvvatlaydi. Tatqiqotlarda mamlakatdagi amaliy tadqiqotlar va eng yaxshi amaliyotlarni inobatga olish tavsiya etiladi.

Grant kvotasi: 3

Grant kimlar uchun?

Doktorantura talabalari va doktorlikdan keyingi (postdoktor) tatqiqot bilan shug'ullanayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblarga grant dasturi doirasida bir yil tatqiqot olib borish uchun 20 ming yevro mablag’ ajratiladi.

Talablar:

  • Nomzod hozirda doktoranturada o’qiyotgan yoki doktoranturani tamomlab tatqiqotlar bilan shug’ullanayotgan nomzodlar grantga ariza topshirishlari mumkin.
  • Nomzodlar ta’lim ol(ayot)gan yo’nalishlarga cheklovlar yo’q.
  • Arizalarni individual yoki uch kishilik guruh sifatida topshirish mumkin.
  • Barcha nomzodlar 2012-yil 1-yanvardan keyin o’qishga kirgan bo’lishlari kerak.
  • Nomzodning yoshi 35 dan oshmagan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar

  1. Uch varaqli tatqiqot taklifi (research proposal)
  2. Motivatsion xat
  3. Ikkita tavsiyanoma

Ariza topshirish uchun batafsil ma’lumotlar nomzod onlayn ro’yxatdan o’tganidan so’ng taqdim etiladi.

Hay’at a’zolari tomonidan o’nga yaqin nomzodlar saralab olinadi. G’oliblar 2018-yil sentabrda elektron pochta yoki telefon orqali e’lon qilinadi. Hay’at arizalarni ko’rib chiqishda BCFN ning maqsadi va talablariga tayanadi va hech qaysi taklif talabga javob bermasa g’oliblar belgilanmaydi.

Grant haqida savollar bo’lsa quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: bcfnyes@barillacfn.com

Agar online ro’yxatdan o’tishda muammoga duch kelsangiz bu yerga murojaat qiling:  hd-bcfn@gag.it

BCFN YEZ 2018 haqidagi savol-javoblarni SHU YERDA ko’ring.

Oldingi BCFN YES! musobaqalari mavzulari va g’olib proyektlar, grant dasturi va tashkilotchilar haqida SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!