×

Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.05.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ozarbayjon

O'QILGAN

5751 marta

Ozarbayjondagi Nailekhanim jamgʻarmasi ayol-qizlarga Bokuda joylashgan Hazar universitetining (Khazar University) istalgan magistratur yoki PhD dasturida tahsil olish uchun grant taklif etadi. Grant Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichiga ariza topshirgan va qabul qilingan eng iqtidorli 1 nafar ayol-qiz talabaga taqdim etiladi.

Hazar universitetida barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

Hazar universitetida mavjud magistratura va PhD yoʻnalishlari (dasturlari) bilan tanishing:

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi ayol-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan talaba quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Oʻqish davomidagi kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
  • Oʻqish davomida yotoqxonada turish haqi toʻliq qoplanadi.
  • Bir yil davomida oylik stipendiya beriladi.
  • Ozarbayjonga bir marta borish va kelish xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Ushbu grantga ariza topshiruvchi nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Faqat ayol-qiz nomzodlar ariza topshira oladi.
  • Oldingi bosqichdagi akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlishi lozim (baholar oʻrtachasi 100 lik tizimda kamida 90-92% boʻlishi kerak).
  • Nomzod oʻqishni tanlagan sohasiga nisbatan kuchli qiziqish va oʻrganish qatʼiyatiga ega boʻlishi kerak.
  • Oliy taʼlim olish va yuqori darajadagi akademik tadqiqotlar olib borish ishtiyoqiga ega boʻlish kerak.
  • Hazar universitetidagi magistratura yoki PhD bosqichi dasturlaridan biriga ariza topshirib, qabul qilinishi kerak.
  • Akademik tadqiqot olib borish uchun yetarli darajada ingliz tilini bilish lozim.

Nomzodlarning grant arizasida yozadigan akademik motivatsiya inshosi saralashda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, nomzodlar Hazar universitetidagi qabul talablariga ham javob berishi kerak. Magistratura uchun til sertifikati talab etilmaydi. PhD bosqichi uchun ingliz tilini kamida B2 darajada bilishni isbotlovchi til sertifikati (IELTS, TOEFL va hk) topshirilishi kerak, biroq bu sertifikatni PhD bosqichiga ariza topshirish vaqtida emas, keyinroq topshirsa ham boʻladi.

Magistratura va PhD bosqichiga qabul talablari bilan quyidagi fayllarda batafsil tanishishingiz mumkin:

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantga arizalar 2024-yil 1-iyungacha qabul qilinadi. Biroq magistratura va PhD bosqichiga ariza topshirishning oxirgi muddati – 2024-yil 15-may.

Magistratura yoki PhD bosqichiga ariza topshirish uchun 25 AQSh dollari badal undiriladi.

Dastlab, magistratura yoki PhD bosqichi dasturi tanlanib, unga arizalar topshiriladi. Quyidagi havolalar orqali har bir bosqich uchun kerakli hujjatlar roʻyxati bilan tanishishingiz va ariza shaklini yuklab olishingiz mumkin:

Grant arizasi: Grantga hujjat topshirish uchun esa maxsus ariza shakli yuklab olinib, toʻldiriladi. Bu ariza shaklida 1500 soʻzdan kam boʻlmagan insho yozish kerak.

Insho mavzusi: Describe a situation or situations where you demonstrated or witnessed female leadership and how it made a positive difference.

Insho grant arizasida berilgan talablarga qatʼiy mos holda yozilishi lozim.

Soʻng ushbu grant arizasi admissions@khazar.org 2024-yil 1-iyungacha elektron manziliga yuborilishi kerak. Arizani yuborishda xabar mavzusiga (Subject) Nailekhanim Foundation Scholarship Application deb yozish kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!