×

Nazarbayev Universiteti: ingliz tilida davlat siyosati va boshqaruvi bo’yicha magistratura, doktorantura kurslari uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

2075 marta

Public policy kurslariga arizalar 2021-yil 30-aprelgacha, public administration kurslariga 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Qozog’istonda joylashgan Nazarbayev Universitetidagi davlat boshqaruvi fakultetining Master in Public Policy (MPP), Master in Public Administration (MPA) va PhD in Public Policy kurslari va grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Fakultetda davlat boshqaruvi bo’yicha bitta magistratura kursi, davlat siyosati bo’yicha bitta magistratura va bitta doktorantura kursi mavjud. Har bir kurs talabalari o’qish vaqtida ma’lum muddat Singapurdagi hamkor universitetda ham ta’lim oladi (bir necha haftadan bir necha oygacha).

Kurslar haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan talabalardan eng munosiblariga to’liq grant beriladi. Bunda talaba o’qish to’lovidan ozod qilinadi va unga har oy 100 000 tenge (taxmonan 239 AQSh dollari) stipendiya beriladi.

Talablar:

  • O’qish ingliz tilida bo’ladi. Nomzod kamida IELTS 6,5 sertifikatiga ega bo’lishi, testing har bir qismidan 6,0 dan kam ball to’plamasligi kerak. TOEFL testidan shunga teng natijalar ham qabul qilinadi.
  • Magistratura kursiga qabul uchun bakalavr diplomi, doktoranturaga qabul uchun magistratura diplomi talab qilinadi.
  • Davlat boshqaruvi (public administration) magistratura kursiga boshqaruv lavozimida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassislar qabul qilinadi. Kursga o’qishni endi bitirgan yoki yaqinda ish faoliyatini boshlagan nomzodlar qabul qilinmaydi.
  • Davlat siyosati (public policy) magistratura kursiga kamida 2 yil ish tajribasiga ega nomzodlar qabul qilinadi. O’qishni endi bitirgan yoki yaqinda ish faoliyatini boshlagan nomzodlar ham hujjat topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Public policy kurslariga arizalar 2021-yil 30-aprelgacha, public administration kurslariga 1-aprelgacha qabul qilinadi. Arizani bu yerda boshlashingiz mumkin. Murojaat uchun: gspp_admissions@nu.edu.kz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!