×

New York Times: O’smirlar uchun fototanlov


Grant

MUHLAT

15.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2012 marta

AQShning New York Times nashri 2019-yilgi “Show Us Your Generation” oʻsmirlar fototanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu tanlovdan maqsad oʻsmirlar oʻz hayotlari yoki atrofdagi olamni oʻz usullarida, oʻzlariga yoqqan tarzda muxrlagan suratlar va bu suratlar orqali ular yetkazmoqci boʻlgan fikrlar bilan tanishish.

Tanlovda istalgan mavzudagi fotosuratlarni taqdim etish mumkin, bunda oʻsmir oʻz olamini suratga tushirsa va suratdagi voqea toʻgʻrisidagi shaxsiy izohini qoldirishi lozim. Gʻolib chiqqan fotosuratlar New York Times’da chop etiladi.

Grant kimlar uchun?

Fotosuratchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Fototanlov gʻoliblarining ishlari New York Times nashrining The Learning Network boʻlimida chop etiladi. Undan tashqari, gʻolib suratlar nashrning bosma sonidagi Learning Special ruknida chop etilishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dunyoning barcha hududlaridan boʻlgan 13-19 yoshli oʻsmirlar ishtirok tanlovda etishlari mumkin.
  2. Tanlovda guruh sifatida ishtirok etish mumkin emas.
  3. Tanlovga topshirilgan fotosuratlar salbiy, ijobiy yoki naytral ruhda boʻlishi mumkin. Suratlarda juda tor doiradagi guruhlar yoki umuman begonalar ham tasvirlanishi mumkin. bu borada cheklov yoʻq. fotosuratlarda oʻsmirlik olami aks etsa kifoya. Kimlarni suratga olish borasida bir qarorga kelish uchun shu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
  4. Suratlarni fotoapparat yoki mobil telefonda ham tushirish mumkin. foto effektlardan foydalanish mumkin emas. Batafsil
  5. Suratlar JPEG formatda boʻlishi va hajmi 1-5 MB oraligʻida boʻlishi kerak.
  6. Qatnashchi oʻzining suratlari bilan ishtirok etishi ham mumkin. bunda suratchi texnik tomondan suratning muallifi boʻlishi shart – ya’ni, surat timer (vaqtni ortga sanagan holda avtomatik tarzda suratga olish) orqali yoki shu kabi usullarda tushurilgan boʻlishi kerak. Suratni boshqa odam olgan boʻlsa qatnashchi suratga muallif hisoblanmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Tanlov haqida batafsil ma’lumot 4-sentabrdan boshlab shu yerda e’lon qilinadi.

Tanlovda bir ishirokchi uchtagacha fotosurat bilan ishtirok etishi mumkin. Suratlarni bu yerdagi ariza formasini toʻldirish jarayonida yuklash mumkin. Suratni yuklagach, shu suratdagi oʻsmirlikka oid qaysi vaziyatni OAV yoki kattalar notoʻgʻri tushunishlari yoki yetarlicha e’tiborga olishmasligi va buning sabablari haqida shaxsiy izoh qoldirishni unutmang. Sizning surat oʻsmirlikning boshqa suratlarlaridan nimasi bilan farq qilishi, suratingiz oʻsmirlikni qanday qilib realroq va toʻliqroq tasvirlashini ham izohlang.

Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashchining ota-onasi yoki vasiydan ruhsat ham kerak, shuning uchun ularning elektron manzillarini ham yozish kerak boʻladi.

Ma’lumot uchun: LNFeedback@nytimes.com elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!