×

Newcastle University: Tayyorlov kurslari uchun 20 000 funt-sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

30.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1922 marta

Angliyaning Nyukasl-apon-Tayn shahrida joylashgan Newcastle University 2020-o‘quv yili uchun International Foundation Scholarship (INTO Newcastle University) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning bakalavriat bosqichiga kirish uchun tayyorlov kurslarida oʻqishni istalgan abiturientlarga ikki yilgacha beriladi.

Grantlar quyidagi tayyorlov kurslari uchun taalluqli:

Grant haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda berilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavrga tayyorlov bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet INTO Foundation dasturlarida oʻqish toʻlovi taxminan 18 995 – 19 995 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodlarga umumiy 20 000 yoki 10 000 funt-sterling chegirma qilib beriladi:

  1. International Foundation kurslarining kontrakt to‘lovidan 10 000 yoki 5 000 funt-sterling qismi chegirma qilinadi.
  2. Newcastle University 1-kurs uchun kontrakt to‘lovidan 10 000 yoki 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grantning ikkinchi qismini olish uchun talaba tayyorlov kursida a’lo baholarga oʻqishi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod kamida 17 yoshga toʻlgan boʻlishi lozim.
  3. Nomzod universitet tarkibidagi INTO: International Foundation in Architecture, International Foundation in Business and Management, International Foundation in Humanities and Social Sciences, International Foundation in Science, Computing, Engineering and Mathematics, International Foundation in Biomedicine, Biology and Pharmacy tayyorlov kurslaridan biriga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  4. Nomzod  12 yillik ta’lim hujjati (attestat/kollej/litsey diplomi)ga ega bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini bilishi zarur. 3 semestrli kurslar uchun IELTS kamida 5,5 (har bir bo‘limdan kamida 4,5) ball, 4 semestrli kurslar uchun esa IELTS kamida 5,0 (har bir boʻlimdan kamida 4,5) ball boʻlishi talab qilinadi.
  6. Arxitektuta, dizayn kabi kurslar uchun portfolio va 300 ta soʻzdan iborat personal statement topshiriladi. Tanlangan kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qilishi mumkin. Talablani tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet tarkibidagi International Preparation Coursesning INTO: International Foundation in Architecture, International Foundation in Business and Management, International Foundation in Humanities and Social Sciences, International Foundation in Science, Computing, Engineering and Mathematics, International Foundation in Biomedicine, Biology and Pharmacy tayyorlov kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinadi. Ayni vaqtda 2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslarha hujjat qabul qilinmoqda. Grantga ariza berish dedlayni – 2019-yil 30-sentabrgacha.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Ariza topshirishdan avval: shu yerdagi ma’lumotlarni oʻrganib chiqing.
  2. IFC kurslar sahifasiga kiring.
  3. International Foundations sarlavhasi ostida berilgan kurslardan keraklisini tanlang.
  4. Kurs sahifasiga kiring.
  5. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari kurs sahifasida koʻrsatilgan.
  6. Hujjat topshirishdan avval sahifadagi Apply boʻlimini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  7. “Apply now” yozuvini bosib, ariza toldiring. Kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  8. Oʻqishga taklifnomani olganingizdan keyin INTO grantiga ariza shaklini toʻldiring va dedlaynga qadar into@newcastle.ac.uk manziliga yuboring.

Hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Til sertifikati. 3 semestrli kurslar uchun IELTS kamida 5,5 (har bir bo‘limdan kamida 4,5) ball, 4 semestrli kurslar uchun esa IELTS kamida 5,0 (har bir boʻlimdan kamida 4,5) ball boʻlishi talab qilinadi.
  • Arxitektuta, dizayn kabi kurslar uchun portfolio va 300 ta soʻzdan iborat personal statement topshiriladi. Tanlangan kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qilishi mumkin. Talablani tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
  • 12 yillik ta’lim hujjati (attestat/kollej/litsey diplomi). Diplom ilovasi/baholar.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda shu yerdan va shu yerdan aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, salohiyati, til bilishi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: http://www.ncl.ac.uk/enquiries yoki http://www.ncl.ac.uk/ipc/study/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!