×

NGO CSW65 Forum Young Feminist Awards: gender tengligi va feminizmga qaratilgan tashkilotlar uchun 5 000 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1470 marta

Ayollarning o’rnini mustahkamlash va feminizmga qaratilgan nodavlat va notijorat tashkilotlar uchun NGO CSW65 Forum Young Feminist Awards mukofoti tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu mukofot 18-40 yoshdagilar tomonidan yuritilayotgan, feminizm va gender tengligiga qaratilgan tashkilotlarni rivojlantirish uchun beriladi. Dastur doirasida 5 ta tashkilotga moddiy yordam beriladi. Mablag’dan tashkilot faoliyatini mustahkamlash yoki kengaytirish maqsadida foydalanilishi mumkin.

Tanlovda quyidagi yo’nalishlarda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ishtirok eta oladi:

  1. Advocacy – siyosat, huquq va shunga oid sohalarda gender tengligini ta’minlashga qaratilgan tashkilotlar uchun.
  2. Grassroots Projects – gender tengligi va feminizmni qo’llab-quvvatlovchi loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan tashkilotlar uchun.
  3. Technology or Arts – gender tengligi, aktivizm, yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan platformalar (ilovalar, dasturlar, bloglar kabi ijodiy va texnologik loyihalar) uchun.

Grant kimlar uchun?

Gender tengligi, ayollarning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlashga qaratilgan, yoshlar tomonidan boshqariladigan tashkilotlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 5 nafar tashkilotning har biriga 5 000 AQSh dollaridan pul mukofoti taqdim etiladi.

Talablar:

  • Tanlovda yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlardan biri bo’yicha faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. Arizalar tashkilot vakili tomonidan tayyorlanadi, mukofotlar esa tashkilot nomiga beriladi.
  • Tashkilot o’zi faoliyat yuritayotgan davlatda rasman ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak.
  • Istalgan davlatda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishtirok etish uchun arizalarni ylyps@ngocsw.org manziliga e-mail orqali jo’natish kerak. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 1-mart.

Ariza topshirish uchun tashkilot haqida batafsil ma’lumot bitta hujjat sifatida yozilishi kerak. Hujjatda quyidagilar haqida ma’lumotlar keltirilishi kerak:

  1. Loyiha nomi va u haqida qisqacha ma’lumot (500-1000 so’z)
  2. Loyiha maqsadi (amalga oshirish rejasi va sanalari, manfaatdor tomonlar)
  3. Hamkor tashkilotlar
  4. Loyiha ta’sirini o’lchash usullari
  5. Loyiha byudjeti tahlili
  6. Loyiha haqida 1-3 daqiqali video (ixtiyoriy)
  7. Loyihani tanlovga taqdim etayotgan shaxs haqida ma’lumot (shaxsiy ma’lumotlar va CV). Batafsil bu yerda

Natijalar 26-martda BMT’ning NGO CSW65 Virtual Forum forumida e’lon qilinadi. G’olib deb topilgan tashkilot va loyihalar NGO CSW65 Virtual Platform onlayn platformasida namoyish qilinadi.

Murojaat uchun: info@ngocsw.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!