Gollandiyaning University of Twente postdoktor (PhD)lar uchun Postdoc Position “Deep Learning and MR Imaging” dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitet tarkibidagi Faculty of Electrical Engineering Mathematics and Computer Science (EEMCS) da The Robotics and Mechatronics Group va the Department of Applied Analysisga tegishli lavozimlarda tibbiyotning MR tekshiruviga oid texnikalar boʻyicha tadqiqot olib borishni istagan izlanuvchilar uchun moʻljallangan. Grant 4 yilga beriladi.
Grant kimlar uchun?
(Postdoc) PhD darajasiga ega mutaxassislar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga 4 yilgacha:
- Har oyda 3 255 yevro stipendiya beriladi.
- 8% ta’til puli va yilda bir marta 8,3% bonus-maosh ajratiladi.
- Kamida 29 ta dam olish va professional oʻsishni ta’minlovchi dasturlarda qatnashish imkoni beriladi.
Grant nomzodning oila a’zolari uchun xarajatlarni qoplamaydi. Ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Istalgan davlat fuqarosi ariza topshira oladi.
- Nomzod Biomedical Engineering, Electrical Engineering, Computer Science, Technical Medicine, or Mathematics boʻyicha PhD darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod image analysis va machine learning boʻyicha tadqiqotlarga qatnashgan hamda maqolalar e’lon qilgan boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
- Nomzod dastur tugagandan keyin yurtiga qaytib ketishi kerak.
- Nomzod grant olayotgan vaqtda boshqa yerda ishlamasligi kerak.
Talablar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga hujjat topshirish 2019-yil 4-avgustgacha amalga oshiriladi. Hujjatlar onlayn tarzda taqdim etiladi.
Hujjatlar tarkibi:
- Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza. Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar tizimga yuklanadi:
- CV/rezyume.
- statement of your interest and vision.
- 2 ta yoki undan ortiq tavsiyanoma beradigan shaxslarning kontaktlari.
- PhD diplomi nushasi.
- Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin, hujjatlar tarkibini aniqlash uchun ir. Ferdi van der Heijdenga f.vanderheijden@utwente.nl pochtasi orqali murojaat qiling.
- Tizimga 3 tadan ortiq hujjat yuklab boʻlmaydi. Shu sababli imkon qadar hujjatlarni birlashtiring.
Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi kerak. Boshqa tillarda yozilgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib, rasmiy hujjatlarni notarial tasdiqlatib, keyin joʻnatish kerak. Savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzillarga murojaat qiling.
Nomzodlar tadqiqot loyihasining dolzarbligi, til bilish darajasi, akademik koʻrsatkichlari, ilmiy salohiyati, mutaxassislikk doir bilim va tajribasiga asosan saralanadi.
Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursatda xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun: Dr.ir. Ferdi van der Heijden f.vanderheijden@utwente.nl