×

Nodavlat tashkilotlar uchun BMT granti


Grant

MUHLAT

30.03.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1943 marta

BMT Taraqqiyot dasturi hamda Xalqaro taraqqiyot uchun OPEK jamg’armasi uchta mintaqa (Yevropa, Markaziy  Osiyo va Yaqin Sharq) davlatlaridan bo’lgan nodavlat-notijorat tashkilotlar uchun grantlar taqdim etadi.

Grant uchun taqdim etiladigan loyihalarda ikki muhim mavzu/yo’nalishga e’tibor qaratiladi:

  1. Arzon energiya va suv yechimlari: Yangi texnologiyalar yordamida energiya va suv taqchilligi muammolariga yechim topish;
  2. Iqtisodiy boshqaruv va ish o’rinlari yaratish: Inklyuziv mehnat bozorlarini yaratish va ko’proq aholining undan foydalanishiga erishish.

Kimlar topshirishi mumkin:

Grant uchun quyidagi davatlarda joylashgan tashkilotlar topshirishi mumkin:

Markaziy Osiyo: O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston

Yevropa mintaqasi davlatlari hamda Yaqin Sharq mintaqasi davlatlari. To’liq ro’yxat SHU YERDA.

Ariza topshirish tartibi:

Ariza topshirish ikki bosqichdan iborat.

  1. Ushbu grantga qiziqish bildirish arizasi. Unda arizachilar qisqacha loyiha g’oyasi va tashkilot haqida ma’lumot berishlari lozim. Arizaga ilova tarzida tashkilotning ro’yxatdan o’tganligi va notijorat maqomi to’g’risidagi ma’lumotnoma/hujjat ingliz tilidagi tarjimasi bilan birgalikda crgrants.irh@undp.org manziliga 2015-yilning 30-martiga qadar yuborilishi lozim.
  2. Arizachi birinchi bosqichdan o’tganlik to’g’risida maktub olgach, boshqa mintaqadan bo’lgan bir tashkilot bilan hamkorlik qilishi lozim. Ular birgalikda qo’shma loyiha ishlab chiqib, To’liq ariza shakli va Byudjet anketasinini to’ldirishi lozim. Bundan tashqari har bir tashkilot Letter of Commitment (Mas’uliyatni bo’yniga olish shakli) formasini to’ldirib, tashkilotni tasdiqlovchi ma’lumot/hujjatlarning inglizcha tarjimasi bilan birgalikda crgrants.irh@undp.org manziliga 2015-yilning 31-mayiga qadar yuborishi lozim.

Grant miqdori:

Bir yillik loyiha uchun 20 ming dollardan 55 ming dollargacha grant beriladi.

Tanlov haqida qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, quyidagi manzilga bog’laning: crgrants.irh@undp.org.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!