Umumiy ma’lumot:
Jahon bankining «SAFE» trust fondi Yevropa va Markaziy Osiyoda davlat moliyasi boshqaruvini yaxshilash maqsadiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat-notijorat tashkilotlarga grant taqdim etadi.
Kimlar topshirishi mumkin:
Grant uchun quyidagi davlatlarda faoliyat yurituvchi nodavlat-notijorat tashkilotlar ariza/loyiha rejasini topshirishi mumkin:
- O’zbekiston;
- Turkmaniston;
- Qirg’iziston;
- Qozog’iston;
- va ro’yxatdagi boshqa davlatlar. Davlatlarning to’liq ro’yxati SHU YERDA.
Ishtirokchi tashkilotlar grant uchun topshiradigna loyihalar o’z mamlakatlaridagi davlat moliyasi boshqaruvi holatini tahlil qilish, islohotlarni qo’llab-quvvatlash hamda davlat moliyasi boshqaruvi bo’yicha bilim va imkoniyatlarni oshirishga qaratilgan mavzularda bo’lishi kerak. Loyiha yo’nalishlari bo’yicha to’liq ma’lumot SHU YERDA.
Ariza topshirish tartibi:
Ariza onlayn shaklda topshiriladi. Ariza shakli SHU YERDA. To’ldirligan ariza mkoen@worldbank.org manziliga yuborilishi lozim.
Ariza topshirish uchun so’nggi muhlat 2015-yil 27-fevral.
Natijalar 2015-yil mart oyida e’lon qilinadi. Loyiha uchun mablag’ 2016-yil 30-iyungacha tashkilot hisobiga o’tkaziladi.
Grant miqdori:
Loyiha hajmiga qarab, beriladigan grant miqdori $50 mingdan $300 minggacha bo’lishi mumkin.
To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA