×

Nodavlat tashkilotlar uchun Jahon banki grantlari!


Grant

MUHLAT

27.02.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

2431 marta

Umumiy ma’lumot:

Jahon bankining «SAFE» trust fondi Yevropa va Markaziy Osiyoda  davlat moliyasi boshqaruvini yaxshilash maqsadiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat-notijorat tashkilotlarga grant taqdim etadi.

Kimlar topshirishi mumkin:

Grant uchun quyidagi davlatlarda faoliyat yurituvchi nodavlat-notijorat tashkilotlar ariza/loyiha rejasini topshirishi mumkin:

  • O’zbekiston;
  • Turkmaniston;
  • Qirg’iziston;
  • Qozog’iston;
  • va ro’yxatdagi boshqa davlatlar. Davlatlarning to’liq ro’yxati SHU YERDA.

Ishtirokchi tashkilotlar grant uchun topshiradigna loyihalar  o’z mamlakatlaridagi davlat moliyasi boshqaruvi holatini tahlil qilish, islohotlarni qo’llab-quvvatlash hamda davlat moliyasi boshqaruvi bo’yicha bilim va imkoniyatlarni oshirishga qaratilgan mavzularda bo’lishi kerak. Loyiha yo’nalishlari bo’yicha to’liq ma’lumot SHU YERDA.

Ariza topshirish tartibi:

Ariza onlayn shaklda topshiriladi. Ariza shakli SHU YERDA.  To’ldirligan ariza mkoen@worldbank.org manziliga yuborilishi lozim.

Ariza topshirish uchun so’nggi muhlat 2015-yil 27-fevral.

Natijalar 2015-yil mart oyida e’lon qilinadi. Loyiha uchun mablag’ 2016-yil 30-iyungacha tashkilot hisobiga o’tkaziladi.

Grant miqdori:

Loyiha hajmiga qarab, beriladigan grant miqdori $50 mingdan $300 minggacha bo’lishi mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!