×

Norvegiyagning Oslo Universitetida Xalqaro Yozgi Maktab


Grant

MUHLAT

01.02.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Norvegiya

O'QILGAN

2292 marta

Oslo Universitetining Xalqaro Yozgi Maktabi har yili iyun va iyul oylarida magistratura va bakalavr darajalaridagi qisqa yozgi intensiv kurslarni tashkil etadi. Maktab har yili 90 davlatdan 550ga yaqin talabalarni qabul qiladi.

Xalqaryo Yozgi Maktab xalqlararo aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Maktabning maqsadi turli madaniyatlardan bo’lgan talabalarni o’zaro bir-birini tushunishga o’rgatish va firklar almashinuvini yo’lga qo’yish. Shu bilan birgalikda talabalar o’z yo’nalishlariga oid kurslarni o’qib o’zlashtiradilar. Talabalar maktabda taklif qilinadigan ingliz tilidagi va norveg tilidagi kurslarni o’qishi mumkin.

Maktab taklif qiladigan kurslar ro’yxati SHU YERDA bo’lib, ular 3 xil yo’nalishda:

  1. Bakalavr darajasidagi kurslar;
  2. Magistratura darajasadagi kurslar;
  3. Norvegiya tili va madaniyatiga aloqador kurslar.

Grant kimlar uchun?

TALABA VA YOSH MUTAXASSISLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Maktab talabalarga to’liq yoki qisman miqdorda grant beradi. Har yili o’rtacha 50 ta talabaga to’liq grant beriladi. To’liq grant quyidagilarni qoplaydi:

  • Dasturga qatnashish uchun to’lov;
  • Yashash uchun stipendiya;
  • Norvegiyaga kelib ketish uchun bilet xarajatlari.

Quyidagi xarajatlar dastur tomonidan qoplanmaydi:

  • Viza xarajatlari;
  • Aeroportdan universitetga yetib kelish uchun transport xarajatlari.

Talablar:

Kim uchun:

Xalqaro Yozgi Maktabning grantini qo’lga kiritish uchun ishtirokchilar:

  • Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlaridan bo’lishi;
  • O’quv yo’nalishi Maktabda o’qishni tanlayotgan kursga mos kelishi;
  • Ish faoliyati tanlagan o’quv kursiga mos kelishi;
  • Moliyaviy yordamga muhtoj bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Grant uchun ariza topshirishning so’nggi muhlati 2016-yil 1-fevral. Agar Maktabda qatnashish uchun barcha to’lovlarni talaba o’z bo’yniga olsa, ariza topshirishning so’nggi muhlati 2016-yil 15-mart.

Ariza Oslo Universitetining onlayn ariza to’ldirish sahifasida SHU YERDA to’ldiriladi va unga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

  • Pasport nusxasi;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijasi;
  • Universitet diplomi (baholar kitobchasi bilan) yoki talabalar uchun baholar kitobchasi;
  • Dasturdan ishtirok etishdan maqsadlarini ifodalagan qisqa insho;
  • Tavsiyanoma;
  • Xalqaro Yozgi Maktabning grant uchun ariza formasi;
  • Rezyume;

Barcha savollar bilan iss@admin.uio.no manziliga murojaat qilish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!