×

Nyu-Yorkda bo’ladigan Global o’smir yetakchilar sammitida qatnashing


Grant

MUHLAT

11.09.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1654 marta

Umumiy ma’lumot:

«Three Dot Dash» deb nomlangan yoshlar tashkiloti 13 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan yigit-qizlarni «Gobal o’smir yetakchilar» dasturida ishtirok etishga taklif qiladi. Yoshlar yig’ini 2016-yil 5-11-mart kunlari AQShning Nyu-York shahrida bo’lib o’tadi.

Kim uchun:

Dasturda oziq-ovqat, suv, sog’liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim, xavfsizlik va atrof-muhitni asrab-avaylash kabi yo’nalishlardan birida boshqalarga yordami tegadigan ish yoki loyihalarni amalga oshirgan va shu yo’l bilan jamiyatga ijobiy hissasini qo’shgan o’smirlar qatnashishi mumkin.

Nomzodlar ariza topshira olishi uchun quyidagi tashkilot yoki shaxslardan biri tomonidan tavsiya qilinishi kerak:

  • Three Dot Dash koalitsiyasi;
  • «Global o’smir yetakchilar» dasturining avvalgi qatnashchilari;
  • Ta’lim muassasalari (maktab, kollej, litsey yoki o’quv yurti rasmiylari tomonidan)
  • Nodavlat tashkilotlar;
  • Jamiyatga yordam beradigan va xayriya ishlariga hissa qo’shadigan biznes kompaniyalari.

Nomzodlar, shuningdek, quyidagi shartlarga javob berishi kerak:

  • Sammit boshlangan paytda 13 va 19 yosh orasida bo’lishi;
  • Oziq-ovqat, suv, sog’liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim, xavfsizlik va atrof-muhitni asrab-avaylash kabi yo’nalishlardan birida boshqalarga yordami tegadigan ish yoki loyihalarni amalga oshirgan; shu maqsadda tashkilot yoki guruh tuzgan;
  • Ingliz tilida yaxshi yozib, gapira oladigan;
  • 2016-yil 5-11-mart kunlari AQShga tashrif buyura oladigan bo’lishi kerak.

Grant miqdori:

Nyu-Yorkka borish-kelish va u yerda yashash hamda oziq-ovqat xarajatlari dastur tomonidan to’liq qoplanadi.

Ariza topshirish tartibi:

Dasturda qatnashishni xohlovchilar arizani SHU YERDAN to’ldirib topshirishi kerak. Ularni dasturga tavsiya qiluvchilar esa SHU YERDAGI anketani to’ldirib topshirishlari lozim. Nomzodlar arizasi ko’rib chiqilishi uchun har ikkala anketa ham to’ldirilishi kerak.

O’smirlar sammitida qatnashish uchun jami 25-35 kishi tanlab olinadi. Boshqalar kela olmay qolgan taqdirda, o’rniga borishi uchun yana qo’shimcha 10 ta nomzod kutuvchilar ro’yxatiga qo’yiladi.

Dasturda qatnashish bo’yicha savollaringiz bo’lsa, ularni contact@threedotdash.org elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!