×

OECD Internship Programme: xalqaro tashkilotda amaliyot va 1000 yevro oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

42164 marta

Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD)) tomonidan tashkil etilgan OECD Internship Programme amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Amaliyot dasturi Tashkilot faoliyatiga yaqin sohalarda tahsil olayotgan yoki shu sohalarda chuqur bilimga ega bo’lgan bakalavr yoki keyingi bosqichlar talabalari uchun mo’ljallangan. Dasturga barcha davlat fuqarolari hujjat topshirishlari mumkin. Amaliyot talabaning xohishidan kelib chiqib 1-6 oy davom etishi, keyinchalik yana 6 oygacha qo’shimcha muddat berilishi mumkin. Dasturdan maqsad umidli talabalarning tahliliy hamda texnik mahoratini oshirish.

Amaliyot dasturi asosan Fransiyaning Parij shahrida bo’lib o’tadi. Shuningdek, amaliyot Mexiko, Tokio, Berlin va Vashingon shaharlarida oʻtalishi ham mumkin. Biroq qabul qilingan amaliyotchilar ishni onlayn tarzda boshlashi va toki boshqa davlatga borish haqida xabar olguniga qadar onlayn tarzda amaliyotni davom ettirishi mumkin.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida amaliyotchi qabul qilinadi.

Amaliyotga qabul qilingan talabalar haftasiga 40 soat ishlagan holda 1-6 oy amaliyot o’taydi. Amaliyot yoʻnalishlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyotchiga har oy 1000 yevrodan stipendiya beriladi. 

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Amaliyot davomida bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichining toʻliq oʻqish (full-time) asosida oʻqiydigan talabasi boʻlishi, yoʻnalishi OECD faoliyatiga bogʻliq boʻlishi kerak. Mavjud yoʻnalishlar BU YERDA.
  • Kamida 1 oy davomida amaliyot oʻtay olishi kerak.
  • OECD rasmiy tillaridan birini (ingliz yoki fransuz) aʼlo darajada bilishi hamda ikkinchi tilni yetarli darajada bilishi yoxud oʻrganish ishtiyoqi boʻlishi kerak. OECDʼda ishlatiladigan boshqa tillarni bilish ustunlik berishi mumkin.
  • Kuchli miqdoriy (quantitative) va IT koʻnikmalariga ega boʻlish kerak.
  • Kuchli yozma ifoda va kommunikatsiya koʻnikmalariga ega boʻlish kerak.
  • Koʻpmadaniyatli va xalqaro jamoa muhitida ishlay olishi kerak.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar yil davomida qabul qilinadi. Ariza onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi. Arizada talaba amaliyot oʻtay oladigan vaqtini ham koʻrsatishi kerak.

Dasturga kelib tushadigan arizalar sonining o’ta yuqoriligi sababli ariza natijalari hammaga e’lon qilinmaydi – faqat dasturga qabul qilingan yoki keyingi bosqichga o’tgan nomzodlarga xabar beriladi. Agar ariza topshirilgan kundan boshlab 3 oy davomida OECD vakilidan xabar kelmasa, dasturga qabul qilinmaganingizni bildiradi.

Hujjat topshirganda qabul qilinmagan talabalar yana qayta yuqorida koʻrsatilgan sanalarda yana qayta ariza topshirishi mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Hujjat topshirish masalasida savollaringiz bo’lsa ko’p so’ralgan savollarga javoblar bilan tanishib chiqing yoki murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!