Shvetsariyada joylashgan oikos notijorat tashkiloti barcha oliygoh professor-o’qituvchilari, tadqiqotchi hamda talabalari orasida o’tkaziladigan navbatdagi oikos Case Writing Competition tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Tanlov o’z oldiga biznesni boshqarish sohasidagi innovatsion g’oyalarni qo’llab quvvatlash, boshqaruv, moliya va tadbirkorlikda barqarorlik bo’yicha ishlanma (case)lar yaratish hamda ularni amalda qo’llashni maqsad qilib qo’ygan.
Grant kimlar uchun?
Oliygoh talabalari va xodimlari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovda go’liblari uchun uchta mukofotli o’rin mavjud bo’lib, ular quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
- 1-o’rin – 1000 CHF (taxminan 1053 AQSH dollari)
- 2-o’rin – 500 CHF (taxminan 526 AQSH dollari)
- 3-o’rin – 250 CHF (taxminan 263 AQSH dollari)
Shuningdek, 1-oʻrin sohibi 2020-yilning noyabrida Jenevada tashkillashtiriladigan Future Lab 2020 konferensiyasida ishtirok etish imkoniga ega boʻladi va uning Jenevaga borish-kelish, turar joy hamda qatnashish toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Grantning manfaatli jihatlari haqida bu yerda batafsil bilib oling.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq).
- Nomzod dunyoning istalgan oliygohida tahsil olishi yoki oʻqituvchi, professor, tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzodlar yakka tartibda yoki bir necha kishi birgalikda ishlanmalarni topshirishi mumkin, lekin bitta muallif/mualliflar guruhi faqat bitta ishlanma topshirishi mumkin.
- Ishlanma (case)lar barqarorlik mavzularida (sustainability topics) boʻlishi hamda keys-studi sifatida foydalanishga moslashgan boʻlishi lozim.
- Ishlanma ingliz tilida yozilishi va 20 sahifadan oshib ketmasligi kerak (surat, diagramma va koʻrgazmali materiallarni hisobga olmaganda). MANA BU YERDA ishlanma qolipi berilgan, shundan foydalaning.
- Ishlanma koʻpi bilan 300 soʻzli keys abtraktini oʻz ishiga olishi kerak.
- Ishlanmada koʻpi bilan 10 sahifadan iborat keysni oʻqitish qaydlari boʻlishi lozim.
- Keysni topshirish shakli bilan birga topshrilishi kerak (bu shakl SHU YERDA onlayn toʻldiriladi. Lekin hozirda bu shakl 2019-yilgi tanlovga mos holda turibdi. Yaqin orada yangilanishi mumkin).
- Boshqa yerlarda nashr qilinmagan boʻlishi kerak. Ishlanmalar to ularni koʻrib chiqish yakunlanmagunicha boshqa hech yerda nashr qilinmasligi lozim.
- Ishlanmada, shuningdek, boshqa saytlar yoki platformalarda ushbu ishlanmaning muallif(lar)i nomi, ularning muassasasi koʻrsatilmagan boʻlishi lozim.
- Ishlanma email orqali case@oikos-international.orgelektron manziliga 2020-yilning 15-mayigacha topshirilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda qatnashish uchun nomzod 2020-yilning 15-mayigacha:
- Keys ishlanmasini case@oikos-international.orgelektron manziliga topshirishi;
- Keysni topshirish shakli bilan birga topshirishi kerak (bu shakl SHU YERDA onlayn toʻldiriladi. Lekin hozirda bu shakl 2019-yilgi tanlovga mos holda turibdi. Yaqin orada yangilanishi mumkin).
Tanlov 2 bosqichda o’tkaziladi:
- Saralash bosqichi – barcha case’lar ko’rib chiqilib, enga yaxshi 5 ta ishlanmaga mutaxassislar tomonidan fikr – mulohaza va takliflar bildiriladi hamda keyingi bosqichga o’tkaziladi
- Final bosqichi – mutaxassislar fikriga tayanib qayta ishlangan case’lardan 3 ta eng yaxshilari tanlab olinadi hamda taqdirlanadi.
Grant haqidagi toʻliq ma’lumot olish uchun tanlovning rasmiy saytiga kirib, berilgan shartlar, savollarga javoblar va boshqa bilan batafsil tanishib chiqing.
Bogʻlanish uchun:
Tel: +41 71 224 25 90
Email: info@oikos-international.org yoki https://oikos-international.org/about/contact