×

Online Merit Scholarship: AQSh universiteti onlayn magistratura kurslari uchun 10 000 AQSh dollari grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2185 marta

AQShda joylashgan American University tomonidan taqdim etiladigan Online Merit Scholarship grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan onlayn magistratura kurslariga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun ajratilgan. Universitetda quyidagi onlayn magistratura kurslariga grant yutib olish mumkin:

Online Master of Arts in Economics, Applied Economics Specialization

Online Master of Arts in Strategic Communication

Online Master of Public Administration and Policy

Online Master of Science in Health Promotion Management

Online Master of Science in Counter-Terrorism and Homeland Security

Online Master of Science in Nutrition Education

Grant kimlar uchun?

Onlayn magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga o’qish to’lovi uchun 10 000 AQSh dollari grant beriladi.

Talablar:

Grant ajratilgan har bir onlayn magistratura kursining o’z ichki qabul talablari mavjud. Ya’ni, kurs yo’nalishidan kelib chiqib grant uchun talablar belgilanadi va bu talablar bir-biridan farq qiladi. Har bir kursga grant talablari bilan bu yerda kerakli kursni tanlagan holda tanishib chiqishingiz mumkin. Grant yutib olish uchun magistratura kursiga qabul qilinish kerak. Magistratura kurslariga qabulning umumiy talablari quyidagicha:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi, baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak. Yaxshi baholar bilan magistratura kursiga qabul qilinsangiz ham, grant a’lo baholar bilan qabul qilingan talabalarga belgilanishi mumkin, shuning uchun grant yutib olish uchun baholaringiz yuqori bo’lishi, ijtimoiy faollik darajangiz ham a’lo darajada bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Ba’zi kurslarga qabul uchun GRE testi natijalari talab etilishi mumkin.
  • Magistratura kursiga qabul talablari ham qaysi kursga hujjat topshirishingizdan kelib chiqib o’zgaradi. Barcha talablarni bilish uchun kerakli kursni tanlab, kurs sahifasidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi, magistratura kursiga hujjat topshirish yetarli. Magistratura kursiga hujjatlar bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoni va hujjat topshirish muhlatlari bilan tanishish uchun bu yerdagi ro’yxatdan kerakli kursni tanlab, kurs sahifasidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Kerakli hujjatlar:

  • Motivatsion xat;
  • Ariza;
  • 55 AQSh dollari ariza to’lovi;
  • CV;
  • Baholar;
  • Tavsiyanomalar;
  • Ingliz tili testi sertifikati.

Dasturlar va grant to’g’risida qo’shimcha ma’lumot olish uchun bu yerga bosing yoki onlineadmissions@american.edu elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!