×

Rossiya: Magistratura uchun to’liq grant va oylik stipendiya (ingliz yoki rus tilida ta’lim)!


Grant

MUHLAT

31.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

9390 marta

Rossiya hamkorligi hamda Rossiya ta’lim va fan vazirligi Open Doors: Russian Scholarship Project deb nomzlangan proyekt doirasida «Global Universities» deb nomlangan grant dasturiga tanlov e’lon qildi. Dastur maqsadi – Rossiya universitetlarida magistratura bosqichida o’qishni xohlovchi iqtidorli yoshlarni iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Dastur fan olimpiadasi shaklida o’tkaziladi va go’liblar o’z sohalari bo’yicha o’qish uchun Rossiya Federatsiyasida mavjud 500 dan ortiq universitetlardan istalgan birini tanlashi.

Tanlov olimpiada shaklida bo’lib o’tadi va nomzodlar quyidagi yo’nalishlarning biri yoki bir nechtasi bo’yicha qatnashishi mumkin:

  • Biologiya
  • Kompyuter fanlari
  • Matematika
  • Biznes va boshqaruv
  • Siyosiy fanlar
  • Psixologiya
  • Fizika
  • Kimyo
  • Filologiya va lingvistika
  • Iqtisod

Nomzod o’qishni o’z xohishiga qarab ingliz yoki rus tilida olib borishi mumkin. Bu uchun o’zi tanlayotgan universitetda o’z sohasi bo’yicha nomzod tanlagan tilda dars olib borilishi kerak.

Ushbu tanlov doirasida 300 nafar xorijlik talabaga grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g’olib bo’lgan talabalar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
  • Oylik stipendiya bilan ta’minlanadi. Stipendiya miqdori tanlangan universitetda Rossiya fuqarolari hisoblangan talabalarga beriladigan stipendiyaga teng.

Talablar:

Ushbu tanlovda qatnashish uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo’lmasligi kerak (xorijliy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar qatnashishi mumkin).
  • Nomzod bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi yoki 2019-yil bakalavriat bosqichini tugatib, bakalavrlik diplomini olishi kutilayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz yoki rus tilini yaxshi bilishi kerak (qaysi tilni bilsa, tanlov va o’qish shu tilda olib boriladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi: hujjatlar topshirish bosqichi (portfolio) va olimpiada savollarini yechish bosqichi. Ikkala bosqich ham onlayn tarzda amalga oshiriladi.

1-bosqish. Ushbu bosqichda nomzodlar onlayn tarzda ro’yxatdan o’tadilar va kerakli hujjatlarni topshiradi. Nomzodlar ular topshirgan portfolio (hujjatlar to’plami) ga qarab baholanadi. Shu sababli, Sizning yutug’ingizni ko’rsatuvchi har qanday diplom, sertifikatlarni portfolioga ilova qilishingiz tavsiya etiladi. Birinchi bosqich uchun quyidagi hujjatlar 2019-yilning 31-yanvarigacha topshirilishi lozim:

  • Bakalavrlik diplomi va uning ilovasi. Hali diplom olmaganlar hozirgacha olgan baholarini kiritishi mumkin.
  • Xorijiy tilni bilish darajasini isbotlovchi hujjatlar (IELTS/TOEFL/CEFR/CPE va boshqalar) yoki/va rus tilini qay darajada bilishi haqidagi ma’lumot;
  • Motivatsiya xati;
  • Amaliyot o’taganligi haqida hujjat (agar bo’lsa);
  • Boshqa turdagi mukofotlar va sertifikatlar.

Hujjat topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli o’tganlar keyingi bosqichga yo’l oladi. 1-bosqichdan o’tganlar ro’yxati 2019- yilning 11-15-fevral kunlari e’lon qilinadi.

2-bosqich. Ushbu bosqichda ishtirokchilarga olimpiada savollari beriladi. Savollar onayn tarzda taqdim qilinadi va yechiladi. 2-bosqich 2019-yilning 18-fevralidan 7-martigacha davom etadi. 2019-yil 25-mart kuni mutlaq g’oliblar ro’yxati e’lon qilinadi.

Nomzodlar ishtirokni boshlashdan oldin tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi lozim.

Ko’p beriladigan savollar va ularga javoblar bilan SHU YERDA tanishing.

Savollar yuzasidan opendoors@globaluni.ru elektron manziliga yoki SHU  YERGA murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!