×

Open innovation – bepul onlayn kurs


Grant

MUHLAT

15.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3200 marta

Angliyaning Durham universiteti turli yo’nalishlar va mavzular bo’yicha onlayn kurslar taklif qilib keladi. 2018-yil 3-sentabrda boshlanadigan Ochiq Innovatsiya (Open Innovation) kursi ham shu universitetning onlayn kurslaridan biri. Kursning alohida jihatlaridan biri unda qatnashish mutlaqo tekin.  Darslar universitetdagi mashhur professor Christos Tsinopoulos tomonidan o’tkaziladi. Bu kursda tashqi dunyoni kuzatgan va tahlil qilgan holda qanday qilib o’z biznesingizga ustunlik beradigan innovatsion g’oyalarni yaratishni o’rganasiz. Kursning umumiy davomiyligi uch hafta, darslar haftasiga 4 soatdan taqsimlangan.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kurs davomidagi materiallar tekin, bu sizga hozirning eng muhim sohalaridan bo’lgan innovatsiya bilan bepul tanishish imkonini beradi.

Talablar:

Kurs barcha uchun ochiq.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun rasmiy saytga kirib, qidiruv xizmati orqali “Open Innovation” kursini topib, uni ko’rib chiqing. Tekin ro’yxatdan o’tasizmi yoki 89 AQSh dollari turadigan obuna xarid qilasizmi, o’ylab ko’rgach, kurs haqida ma’lumotlar berilgan sahifaning oxirrog’ida joylashgan ro’yxatdan o’tish haqidagi menyuning “free” yoki “upgrade” tugmalaridan birini bosing va kerakli ma’lumotlarni kiritib ro’yxatdan o’ting.

Eslatmalar

  • Aynan bu kursda ishtirok etish tekin, bunda uch haftalik kursning barcha materiallari 5 haftagacha ochiq bo’ladi. Kurs taklif etilayotgan Futurelearn websaytida ro’yxatdan o’tib 89 AQSh dollari qiymatdagi obuna xarid qilsangiz, bu kursdagi materiallar siz uchun cheksiz vaqt mobaynida ochiq bo’ladi va sizga sertifikat beriladi, bu sertifikatni chop etib olishingiz mumkin bo’ladi.
  • O’zingizni qiziqtirgan savollarga muhim savol-javoblarni ko’rib chiqib javob topishingiz mumkin.
  • Ma’lumot uchun: feedback@futurelearn.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!