×

Oʻquvchi va talabalar uchun mukofot jamgʻarmasi 64 million soʻmlik maqolalar tanlovi!


Grant

MUHLAT

21.01.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4608 marta

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostidagi maqolalar tanlovini eʼlon qildi. Tanlovda oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-oʻquvchilar oʻzlarining ilmiy-ijodiy ish (maqola)lari bilan ishtirok etishi mumkin.

Ilmiy-ijofiy ishlar oʻzbek yoki rus tilida qabul qilinadi.

Tanlovning asosiy maqsadi – Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, isteʼdodli yoshlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratishda hamda oliy maqsadlarimizdan biri boʻlgan Uchinchi Renessans poydevorini qurishda yoshlarning ishtirokini taʼminlash va ularda daxldorlik fazilatlarini qaror toptirish, milliy va diniy qadriyatlarni tiklashdan iborat.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy-ijodiy ish (maqola)lar quyidagi shoʻbalarda qabul qilinadi:

  • Yuksak maʼnaviyatli avlod – Uchinchi Renessans bunyodkorlari;
  • Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik oʻzbek xalqining yuksak qadriyatidir;
  • Yangi Oʻzbekiston maʼrifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning oʻrni;
  • Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari.

Eslatma: Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari deyilganda kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va litseylar tushuniladi.

Grant kimlar uchun?

Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-oʻquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Jami mukofot jamgʻarmasi 64 millioon soʻmni tashkil etadi. Tanlovning har bir shoʻbasi boʻyicha yuqori – 1-2-3-oʻrinni olgan tanlov qatnashchilari quyidagi miqdordagi pul mukofotlari va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining darajali diplomlari bilan taqdirlanadilar:

  • 1-oʻrin – 8 000 000 (sakkiz million) soʻm;
  • 2-oʻrin – 5 000 000 (besh million) soʻm;
  • 3-oʻrin – 3 000 000 (uch million) soʻm.

Talablar:

Tanlovda oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-oʻquvchilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy-ijodiy ish (maqola)lar kompyuter Microsoft Word dasturida, satr oraligʻi 1,5 intervalda, 14 kegl bilan Times New Roman shriftida, matn formati yuqori va pastdan – 2,5 sm, chapdan – 3 sm, oʻngdan – 1,5 sm joy qoldirilgan holda yozilishi shart. 13. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ilmiy-ijodiy ish (maqola)lar qabul qilinmaydi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmi-ijodiy ish (maqola)lar quyidagi mezonlarda baholanadi:

  • mavzuning mazmun-mohiyati toʻlaqonli ochib berilganligi;
  • ilmiy-ijodiy ish (maqola)ning stilistik va grammatik jihatdan toʻgʻri yozilganligi;
  • mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanilganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar;
  • yuqori ilmiy, badiiy saviyada yozilganligi;
  • mavjud muammo va uni bartaraf etish boʻyicha yechimlarning mavjudligi.

Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi (jami 50 ball).

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talaba-oʻquvchilarning ilmiy ijodiy ishlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar @manaviyat_edu_tanlov (+99894 602-86-03) telegram manziliga oʻzbek yoki rus tillarida yuboradilar.

MUHIM: Tanlovda ishtirok etishga kirishishdan oldin tanlov NIZOMI bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!