Qirgʻizistonda joylashgan OSCE akademiyasi “China affairs in Central Asia” mavzusida original tadqiqot ishi yozish uchun 6 oylik stipendiya dasturini taklif etmoqda. Stipendiya dasturi 2022-yil 1-apreldan boshlanadi va masofadan turib (onlayn) tadqiqot olib boriladi, biroq baʼzida Bishkekka borish kerak boʻladi. Tadqiqotchilardan ingliz va xitoy tillarini bilish talab etiladi.
Tadqiqot ishi 6000-8000 soʻzdan iborat boʻlishi kerak. Ish yozilishi uchun tadqiqotchilarga grant ajratiladi. Hozirda ushbu dastur uchun 1 nafar tadqiqotchi qidirilmoqda.
Tanlangan tadqiqotchiga OSCE akademiyasining katta tadqiqotchisi Niya Yau xitoy tilidagi manbalarga qanyday qilib kirish, xitoyshunoslik sohasidagi muayyan ochiq manbali tadqiqot koʻnikmalarini koʻchirish kabilarni oʻrgatadi. Shuningdek, tanlangan tadqiqotchilar tadqiqot savollari, metodlari, maʼlumotlar toʻplash, hikoyaviy taqdimot kabilar boʻyicha alohida ekpert mentor bilan birga ish olib boradilar.
Grant kimlar uchun?
Magistrlik darajasiga ega tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tadqiqot ishi uchun tadqiqotchiga umumiy miqdorda 9300 AQSH dollari grant ajratiladi (grantning tasdiqlanishi kutilmoqda). Grant toʻrtga boʻlib, quyidagi shaklda taqdim etiladi:
- 2022-yil aprel oyi oxirida dastlabki tadqiqot rejasi topshirilib, tasdiqlangandan keyin 1550 dollar.
- 2022-yil iyun oyi oxirida tadqiqotning dastlabki natijalari topshirilib, tasdiqlangandan keyin 3100 dollar.
- 2022-yil avgust oyi oxirida yakuniy taqdqiqot ishining loyihasi topshirilib, tasdiqlangandan keyin 3100 dollar.
- 2022-yil sentabr oyi oxirida yakuniy tadqiqot ishi topshirilib, tasdiqlangandan keyin 1550 dollar.
Har safar grantning maʼlum qismi toʻlanganda quyidagi foizlarda tegishli soliq va ijtimoiy toʻlovlar toʻlanayotgan summa miqdoridan ayriladi:
- Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston fuqarosi boʻlgan tadqiqotchilar uchun 11% miqdorda;
- Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan tadqiqotchilar uchun 37,5% miqdorda.
- Qirgʻiziston fuqarolariga mustaqil tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish tavsiya etiladi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagich:
- Xitoyshunoslik, Sharqiy Osiyo tadqiqotlari, Sharqiy Osiyoga fokus qaratilgan xalqaro aloqalar va boshqa aloqador sohalarda magistrlik darajasiga ega boʻlish kerak.
- Markaziy Osiyoda Xitoy faoliyatiga oid mavjud tadqiqotlar boʻyicha kuchli bilimga, original tadqiqot olib borish qobiliyatiga va xitoyshunoslik (Xitoy tadqiqotlari) sohasida karyera qilish motivatsiyasiga ega boʻlish kerak.
- Ingliz va xitoy tillarini (har ikkala tilni) yaxshi bilish lozim.
- Samarali shaxslararo va muloqot koʻnikmalari talab etiladi.
- Akademiya xodimlari bilan birga hamkorlik qilish va donorlar bilan aloqani saqlashga tayyorlik talab etiladi.
- Markaziy Osiyoda Xitoy faoliyati boʻyicha nashrlar chop etganlik tajribasi nomzodga ustunlik beradi.
- Nomzodlar Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston yoki Qirgʻiziston fuqarosi boʻlishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2022-yil 18-mart, Oʻzbekiston vaqti bilan 17:00 gacha qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak boʻladi:
- 300 soʻzdan oshmagan tadqiqot taklifi (research proposal); unda tadqiqotingizni Markaziy Osiyoda Xitoy ishtiroki boʻyicha muayyan keys yoki tendensiya haqidagi tadqiqotingizni tushuntiring. Tadqiqot oqimi quyidagicha boʻladi: tadqiqot maqsadi, asosiy savol (masala), metodologiya va dastlabki maʼlumotlar.
- Muqova xati (Cover Letler). Bu 500 soʻzdan oshmasligi va unda xitoyshunoslik sohasidagi karyera hamda tadqiqotga asoslangan tajribaga boʻlgan motivatsiyangiz tushuntirilishi kerak/
- CV, maksimal 2 bet.
- 2 nafar tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlari.
- Diplomlar nusxalari, HSK sertifikatlar va nomzodingizni qoʻllab-quvvatlovchi boshqa hujjatlar.
Yuqoridagi hujjatlarning barchasi 1 ta PDF faylga birlashtirilib, mediaproject2021@osce-academy.net elektron manziliga yuborilishi kerak. Email mavzusiga (Subject) “Vacancy of Research Fellow [nomzodning ism-familiyas]” deb yozilishi kerak.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlonni oʻqib chiqing.
Talablarga mos boʻlmagan nomzodlarning arizalari koʻrib chiqilmaydi.