×

Qozogʻiston: Jinoyatchilikning oldini olish qonun ustuvorligi va halollik mavzusida barcha xarajatlari qoplanadigan forum!


Grant

MUHLAT

13.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

2809 marta

OSCE tashkiloti Markaziy Osiyo yoshlari dialogi forumini eʼlon qildi. Forum 2023-yil 17-21-iyul kunlari Qozogʻiztonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi.

Forum mavzusi: Youth for Rule of Law, Integrity and Crime Prevention (Qonun ustuvorligi, halollik va jinoyatchilikning oldini olish).

Forumda ishtirok etish uchun Markaziy Osiyo davlatlari va Mongoliyadan jami 25 nafar qatnashchi saralab olinadi. Forum uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya kabi xavfsizlik sohasidagi muammolar boʻyicha qarashlarni muhokama qilish, ishtirokchilarning jamiyatida va butun mintaqada qonun ustuvorligi, halollik hamda jinoyatchilikning oldini olishni kuchaytirish borasida fikr va amaliyotlarni boʻlish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi.

Forum dasturi quyidagi maqsadlarda tashkil etilmoqda:

  1. Qarorlarni qabul qilish jarayonida samarali qatnashish uchun yoshlarda ishtirok koʻnikmalarini shakllantirish.
  2. Yoshlar uchun jinoyatchilikning oldini olish, qonun ustuvorligi va halollik borasida rivojlanishni targʻib qilishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqishga moʻljallangan platforma boʻlib xizmat qilish.
  3. Yoshlarning oʻzlari ishlab chiqqan loyihalarini tengdoshlariga  ulashishi va muhokama qilishi.

Forum mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

18-28 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Qozogʻistonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Markaziy Osiyo davlatlari (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston) yoki Mongoliya fuqarosi boʻlish hamda hozirda shu davlatlarning rezidenti boʻlish (shu davlatlarda yashayotgan boʻlish) lozim
  • 18-28 yosh boʻlish lozim.
  • Ingliz tilida erkin muloqot qila olish kerak.
  • Jinoyatchilikning oldini olish, qonun ustuvorligi va halollik mavzularida tajribaga ega boʻlish yoki bu mavzularga kuchli qiziqishga ega ekanini koʻrsatish kerak.
  • Mahalliy hamjamiyatining faol aʼzosi boʻlish, shuningdek, Markaziy Osiyo va Mongoliyada yoshlarning mintaqaviy hamkorligini targʻib qilishga qiziqish lozim.
  • Forum davomida barcha mashgʻulotlarda ishtirok etish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 12-may 17:00 gacha qabul qilinadi.

Qiziquvchi nomzodlar CV va toʻldirilgan ariza shaklini quyidagi email manziliga yuborishi kerak: POID-Election@osce.org.

Ariza shaklini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin (Application form).

Arizalar topshirilganidan keyin koʻrib chiqiladi va faqatgina qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlarga 2023-yil 9-iyungacha xabar qilinadi. Qisqa roʻyxatga kiritilmagan nomzodlarga hech qanday xabar yuborilmaydi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishing. Rasmiy eʼlonni BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin (Call for applications).

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: POID-Election@osce.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!