×

Osiyo Taraqqiyot Banki amaliyot dasturi: Magistratura va doktorantura talabalari uchun 17 haftagacha dastur; oylik 2 070 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Filippin

O'QILGAN

2135 marta

Osiyo Taraqqiyot Banki Filippinning Manila shahrida joylashgan shtab-kvartirasi xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohalari magistr va doktorantlarini Intern – The Secretary’s Office stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzodlar Filippinning Manila shahrida joylashgan shtab-kvartirasi Office of the Secretaryda amaliyot oʻtaydi. Dastur 2020-yil yanvarda boshlanadi va 13-17 hafta davom etadi. Dasturning aniq sanasi tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi. Nomzod ayni vaqtda a magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Amaliyot mavzusi: “Depending on time available, one or more of the following: Thoughts on the implementation of ADB’s Operational Plans, Gender Mainstreaming, Healthy Oceans, strengthening ADB’s profile as a Knowledge Institution, and ADB’s Disaster and Emergency Assistance Policy”.

Grant kimlar uchun?

Xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohalarida oʻqiyotgan magistr va doktorantlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari uchun kunlik 69 USD(oyiga taxminan 2 070 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod ADB a’zosi boʻlgan istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohalariga mos keladigan turdosh soha boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  3. Nomzod ayni vaqtda xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod soha boʻyicha ish tajribasi hamda notiqlik qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  6. Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 15-sentabrgacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun avval ADB(ACES) saytidan roʻyxatdan oʻtish kerak.
  4. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, Apply for this Vacancy yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
  5. ““Attachments””ga soʻraglan hujjatlarni yuklang.
  6. Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):

  • CV/resume.
  • Ayni vaqtda magistratura/PhD kursida oʻqiyotganlik haqida ma’lumotnoma.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Esse. Har bir savol boʻyicha 1500 tagacha soʻz hajmda esse yozib MS Word yoki PDF formatda tizimga joylaysiz. Esse mavzulari:
  1. Describe one example of your experience that demonstrated your interest in working in ADB.
  2. Highlight your qualifications that will help accomplish this internship assignment (e.g., coursework, research, work experience, etc.).
  • Shaxsiy ma’lumotlar soʻralishi mumkin.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot talab qilinishi mumkin.
  • Ish tajribasi haqida soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun:  shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!