×

Oxford University: MBA kurslari uchun toʻliq grant; yillik 14 985 funt-sterling!


Grant

MUHLAT

10.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1848 marta

Angliyaning Oxford University Said Business School navbatdagi The Skoll Scholarship Programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan barcha MBA kurslarga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant ikki yilga beriladi. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega va jtimoiy faol boʻlishi lozim. Grant har yili 4 nafargacha talabaga beriladi

Grant kimlar uchun?

MBA bosqichlarida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SBS MBA kurslarining kontrakt toʻlovi 2020-2021-yil uchun 59 490 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodlarning ikki yilga kontrakti toʻliq qoplanadi. Shuningdek, oʻqish tugaguncha har yili yillik 14 985 funt-sterling stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  4. Nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamid 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  6. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar a’lo boʻlishi lozim.
  7. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va grant sahifasidan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Dedlayn – 2020-yil 10-yanvar.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. MBA kursidagi barcha ma’lumotlar bilan tanishing.
  3. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  4. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  5. Ariza (Interest form)ni topshiring.
  6. Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni quyidagi muddatlardan biriga suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi:
  • 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr – suhbat: 20-sentabr.
  • 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr – suhbat: 15-noyabr.
  • 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar – suhbat: 31-yanvar.
  1. Ariza topshirish yakunida 150 funt-sterling badal toʻlash kerak. Pul toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  2. Jarayon yuzasidan savollarga savol-javoblar sahifasidan oydinlik kiritish mumkin.
  3. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. O`qishga ariza berayotganda arizaning Funding bo`limidan Skoll Scholarshipga esse hujjatlarini yuklab olib to`ldidiladi va joylashtiriladi.
  4. Eslatma: grant olish uchun oʻqishga 2020-yil 10-yanvargacha hujjat topshirish shart.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar iloji boricha a’lo boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • GRE/GMAT sertifikati. GMAT kamida 650 ball/GRE kamida 160 ball boʻlishi kerak.
  • CV/resume. Kamida 2 yil toʻliq stavkada ishlaganlik haqida ma’lumot (ish tajribasi)ni ham rezumening ichiga yozish kerak.
  • Career plan.
  • Written work/yozma ish.
  • Online assessment. 5 ta savoldan iborat imtihon topshiriladi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar qaysi vaqtda hujjat berganingizga qarab eʼlon qilinadi:

  • 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr – javob: 18-oktabr.
  • 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr – javob: 13-dekabr.
  • 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar – javob: 20-mart.

Elektron pochta: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!