Buyuk Britaniyada joylashgan Oksford universiteti tarkibidagi Said bisnes maktabi (SBS) ayol-qiz talabalarga bir necha turdagi grantlarni taklif etadi. Mazkur grantlar SBSda oʻqitiladigan Executive MBA kursida tahsil olish uchun taqdim etiladi. Mazkur grantlarning maqsadi – iqtidorli ayol-qiz talabalarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvatlashdir.
Hozirda 202-yil sentabrda boshlanadigan semestrlardan boshlab oʻqishga moʻljallangan grantlarga arizalar qabul qilinmoqda.
Grant kimlar uchun?
Executive MBA bosqichida oʻqishni xohlagan ayollar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
SBS Executive MBA kursining 2 yillik kontrakt toʻlovi 106 540 funt-sterling.
Taklif etilayotgan grantlar quyidagilar:
- The Forté Foundation Fellowships for Women – bu grantni kontrakt summasi uchun 30 000 funt-sterling toʻlab beradi. Ushbu grant 2032-yil sentabrdan boshlab oʻqish uchun 2 nafargacha talabaga taqdim etiladi.
- The Oxford Executive MBA Scholarship for Women in association with the 30% Club – bu grant kontrakt summasining 50 foizni qoplaydi. Ushbu grant 2023-yil sentabrdan boshlab oʻqish uchun 2 nafargacha talabaga taqdim etiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod 2023-yil sentabrdanboshlanadigan Executive MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi / kirishi kerak.
- Nomzod ayol kishi boʻlishi lozim.
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- Akademik yutuqlari (CV, baholar va grant inshosi boʻyicha baholanadi).
- Kasbiy yutuqlar; xususan yetakchilik tajribasi yoki yetakchilik potensiali (CV va grant inshosi orqali baholanadi).
- Rol model sifatida ruhlantirish / harakat qilishga boʻlgan ishtiyoq (grant inshosi orqali baholanadi).
- Biznes maktabning elchisi boʻlishga tayyorlik va qiziqish (insho orqali baholanadi).
Shuningdek, grant talablaridan tashqari Executive MBA dasturining ham qabul talablari mavjud boʻlib, ular bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga arizalarni qabul qilishning oxirgi muddatlari quyidagicha:
- 2023-yil sentabrdan boshlab oʻqish uchun – 2023-yil 3-aprel.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Executive MBA kursi sahifasiga kirib, dastur bilan tanishing va How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
- Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasida berilgan.
- Kurs sahifasidan ariza (Application form)ni topshiring. Kursga ariza topshirishda onlayn arizaning “Funding” boʻlimiga maksimal 400 soʻzli grant inshosini yozib, yuklang. Unda sizing grantga qanchalik mosligingiz yoritib berlishi kerak.
- Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi.
Executive MBA kursiga qabul talablari, kerakli hujjatlar roʻyxati, ariza topshirish jarayoni kabi maʼlumotlar bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Savollar yuzasidan BU YERDAGI tegishli masʼul shaxsga murojaat qilishingiz mumkin.