“Verilla” nomli fransuz kompaniyasi yosh dizaynerlarni o’zining navbatdagi “Verallia Design Awards” tanloviga taklif etmoqda. Tanlovda marketing va dizaynerlik fakultetlari talabalari va boshqa shu sohaga qiziquvchi yoshlar o’zlarining oziq- ovqat hamda alkogol ichimliklarini qadoqlash uchun ishlatiladigan noan’anaviy, original shisha idish (glassmaking production) chizmasi bilan qatnashishlari mumkin. Tanlovning bu yilgi mavzusi: “Kelajakning premium qadog’i”. Tanlovda eng mukammal deb topilgan ishlanma kelgusida ishlab chiqarishga joriy etiladi. Tanlovda nomzodlar quyidagi yo’nalishlari bo’yisha o’z ishlarini taqdim etishlari mumkin:
- Alkogol mahsulotlari
- Oziq- ovqat mahsulotlari
Grant kimlar uchun?
Dizaynerlar, rassomlar va boshqa ijodkor shaxslar
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- G’olib ishtirokchilarga har ikkala kategoriya bo’yicha 10 000 UAH (tahminan 365 AQSH dollari)dan pul mukofoti beriladi
- Tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlarga shishali qadoqlash idishari ishlab chiqarish korxonasiga sayohat uyushtirish imkoni beriladi.
- Taqdirlash marosimi 2019-yilning iyun oyida Kiyev shahrida bo’lib o’tadi.
- G’olib 2019-yil noyabr oyida Parijda bo’lib o’tadigan final bosqichida qatnashish uchun yo’llanmani qo’lga kiritadi.
Talablar:
- Nozod marketing yoki dizaynerlik fakulteti talabasi yohud shu sohani yaqindagina egallagan yosh mutahassis bo’lishi kerak.
- Tanlov professionallar yoki dizaynerlik kompaniyalari uchun emas.
- Nomzod 18 yoshdan katta bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovda ishtirok etish uchun avvalo nomzod rasmiy sayt yoki o’zining facebook sahifasidan ro’yxatdan o’tishi lozim. Nomzod dizaynerlik ishlanmasini 19-fevral va 3-may oralig’ida hohlagan payti taqdim etishi mumkin. Nomzod ishlanmalar qabul qilinishi tugaguniga qadar hohlagan vaqtda o’z ishiga o’zgartirish kiritishi mumkin. Tanlov haqqoniy bo’lishi uchun ishlanmalar anonim holda hakamlarga taqdim etiladi, ya’ni ularda nomzodlarning ismi shariflari to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatilmaydi.
- Tanlovga hujjatlar 2019-yilning 18-fevraliga qadar qabul qilinadi.
- Keyingi bosqich ishlanmalarni taqdim etish bosqichi bo’lib, u 19-fevraldan 3-mayga qadar davom etadi.
- Saralash bosqichi may oyida o’tkazilib g’oliblar aniqlanadi.
- Iyun oyida g’oliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.
Tanlov haqidagi to’liq ma’lumotni savol-javoblardan topishingiz va savollar bilan Oksana Pomazankoga marketing.veralliaukraine@verallia.com murojaat etishingiz mumkin.