×

Rahbarlik lavozimida 2 yillik tajribaga ega nomzodlar uchun Germaniyada malaka oshirish dasturi


Grant

MUHLAT

20.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1990 marta

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda “Economic Cooperation in Green Technologies” mavzusida “Partnering in Business with Germany” dasturiga tanlov e’lon qildi.

Bu dasturdan ko‘zlangan maqsad – O’zbekiston korxonalarining xalqaro bozorlarga chiqishi, menejerlarining tashqi savdo sohasida malaka va bilimlarini oshirish, xalqaro Yashil texnologiyalar dasturlari doirasida iqtisodiy hamkorliklar hamda eng soʻnggi texnologiyalar va xizmatlar bilan tanishish, nemis mahsulotlari tizimlarini namoyish etadigan ishlab chiqaruvchilar va maslahatchilar bilan uchrashishdan iborat.

Ushbu dastur quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

Dastur bosqichlari:

  • Tayyorlov bosqichi (ariza, skrinning, suhbat)
  • 2 hafta onlayn trening (2 kuni oflayn workshop)
  • 6 hafta onlayn trening
  • Germaniyada 2 haftalik trening

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Kamida 3 yillik ish tajribasiga ega va kamida 2 yil davomida rahbarlik lavozimida ishlagan nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur taqdim qiladigan imkoniyatlar quyidagicha:

  • Dasturda ishtirok etish bepul.
  • Germaniyadagi 2 haftalik trening vaqtida turarjoy, viza, sugʻurta va oziq-ovqat (kuniga 2 mahal ovqat) xarajatlari qoplab beriladi.
  • Muvaffaqiyatli Germaniya korxonalari tajribasi bilan tanishish.
  • Potentsial biznes hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar.
  • Xalqaro biznes hamjamiyatlariga kirish, shu jumladan Germaniyadagi tadbirkorlar uyushmalari va assotsiatsiyalariga, shuningdek, dasturning 17 hamkor davlatidan 19 000 dan ortiq bitiruvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Rahbar lavozimda kamida 2 yillik tajriba.
  • Ingliz tilini yetarli darajada yaxshi bilish.
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish.
  • Kamida 3 yillik ish tajribasi.
  • Nomzod nemis kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan kompaniya vakili va biznes loyihalari bo‘yicha aniq g‘oyalarga ega bo‘lishi kerak.
  • Yuqori muloqot va taqdimot qobiliyatlari talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2024-yil 20-martgacha qabul qilinadi. Nomzodlar shu muddatgacha USHBU ARIZANI toʻldirib, greenoffice@rgsbm.uz email manziliga yuborishi lozim.

Dastur haqida dastur broshyurasi va  bu yerda batafsilroq maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan telegram orqali Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining masʼul xodimiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!