×

Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi


Grant

MUHLAT

31.08.2024

QOLGAN VAQT

64 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4937 marta

Peace Pals International tashkiloti The Love Foundation Inc. bilan hamkorlikda dunyo boʻylab 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun Peace Pals International Art Exhibition tanlovini tashkil etmoqda.

Bu yilgi tanlovning mavzusi – “Love” (Muhabbat). Ushbu tanlovda tasviriy sanʼatga qobiliyatli bolalar “Love” (Muhabbat) ruhi ostida chizilgan/yaratilgan ishlari bilan ishtirok etishi mumkin. Chizilgan rasmda “May Peace Prevail On Earth” — “Yer yuzida tinchlik hukmron boʻlsin” xabari (ingliz tilida) aks etishi kerak. 

Tanlov quyidagi yosh kategoriyasi boʻyicha boʻlib oʻtadi:

  • Birinchi yosh toifasi: 5-7 yosh
  • Ikkinchi yosh toifasi: 8-10 yosh
  • Uchinchi yosh toifasi: 11-13 yosh
  • Toʻrtinchi yosh toifasi: 14-16 yosh

Oʻtgan yilgi tanlovda gʻolib boʻlganlar va ularning ishlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (MUHIM: oʻtgan yilgi tanlov mavzusini “Unity” (birlik) boʻlgan va rasmlar ham shu mavzuga moslab chizilgan).

Grant kimlar uchun?

5-16 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari har bir yosh kategoriyasi bo’yicha quyidagicha taqdirlanadi:

  • Birinchi oʻrin gʻoliblari — taxminan 200 santimetrli klassik tinchlik statuetkasi.
  • Ikkinchi oʻrin gʻoliblari — taxminan 45 santimetrli tinchlik statuetkasi yoki shunga oʻxshash qiymatdagi boshqa mukofot.
  • Uchinchi oʻrin gʻoliblari — taxminan 20 santimetrli tinchlik statuetkasi yoki shunga oʻxshash qiymatdagi boshqa mukofot.
  • Final ishtirokchilari onlayn faylda sertifikatlar va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi.
  • Shuningdek, tanlovda ishtirok etish uchun ishlarini yuklagan barcha qatnashchilarga ishtirok sertifikatlari taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda 5-16 yoshdagi bolalar oʻzlarining chizgan rasmlari bilan ishtirok etishi mumkin.

Ijodiy ishga qoʻyilgan talablar:

  • Originallik: Barcha sanʼat original, qogʻozga qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizilgan boʻlishi kerak. Agar ishlar avval yuborilgan yoki boshqa sanʼat tanlovlaridan koʻchirilgan boʻlsa, qolaversa, kompyuterda chizilgan boʻlsa, arizalar qabul qilinmaydi.
  • Ishlarning hajmi gorizontal yoki vertikal dizaynda hamda 12,7 sm x 17,7 sm shaklda boʻlishi lozim.
  • Ishlar “Love” (muhabbar) mavzusiga oid boʻlishi va har bir ishda ingliz tilidagi “May Peace Prevail On Earth” xabari aks ettirilishi/yozilishi kerak (buxabarning oʻzbekcha tarjimasi: “Yer yuzida tinchlik hukmron boʻlsin”). Bu talabga javob bermaydigan ishlar tanlovdan chetlashtiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar 2024-yil 31-avgustga qadar qabul qilinadi. Ijodiy ishlar ishlarni taqdim etish tartibi quyidagicha:

  • Onlayn. Buning uchun avval BU YERDAN roʻyxatdan oʻtishingiz kerak (Register). Roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng, ishingizni yuklash uchun havola yuboriladi. Barcha ishlar yuqori aniqlikda (300 DPI) skanerlanishi va JPG formatda saqlanishi hamda boshqa qoidalarga rioya qilinishi kerak.
  • Pochta orqali. Agar ishingizni yuklay olmasangiz va pochta orqali yuborishingiz kerak boʻlsa, shunda ham avval BU YERDAN roʻyxatdan oʻtishingiz va joʻnamoqchi boʻlgan ishingiz uchun roʻyxatdan oʻtish raqamini koʻrsatishingiz kerak. Faqat roʻyxatdan oʻtgan nomzodlarning ishlarigina qabul qilinadi. 

Pochta orqali yuborish uchun manzil:

Peace Pals International
26 Benton Road
Wassaic, NY 12592
(845) 877-6093

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon yaxshilab tanishing. 

Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollar bilan peacepals@worldpeace.org (Jules Loren) manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!