×

Pensilvaniya Universiteti va UNICEF: ijtimoiy fanlarga qiziquvchilar uchun ikkita bepul onlayn kurs!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2823 marta

Pensilvaniya Universiteti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamg’armasi (UNICEF) hamkorlikda ijtimoiy me’yorlar va ijtimoiy o’zgarishlarga bag’ishlangan ikkita: Social Norms, Social Change I hamda Social Norms, Social Change II bepul onlayn kurslarini o’tkazmoqdalar. Har bir onlayn kurs 4 hafta davom etadi.

Social Norms, Social Change I (jami 10 soatlik) ishtirokchilarga urf-odatlar yoki konvensiyalar kabi ijtimoiy me’yorlar va ijtimoiy konstruksiyalar o’rtasidagi farqni aniqlashni o’rgatadi.

Social Norms, Social Change II (jami 9 soatlik) kursida ijtimoiy o’zgarish, o’zgarishlarni amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan va kursning birinchi qismida o’rganilganlarning barchasini hayotga tatbiq etish usullari ko’rib chiqiladi. Kursda, shuningdek, inson huquqlari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan voyaga yetmaganlar nikohi va jinsiy zo’ravonlik kabil muammolar ham muhokama qilinadi. Kurs materiallari ingliz tilida bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Ijtimoiy me'yorlar, o'zgarishlar va inson huquqlari sohasiga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Onlayn kurslarning har ikkisida oʻqish bepul. Ammo, Penn-UNICEF sertifikatiga ega bo’lishni istaganlar har bir kurs uchun 49 AQSh dollari miqdoridagi toʻlovni amalga oshirishlari talab etiladi.

Talablar:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  2. Nomzod kurs mavzusiga qiziqish bildirishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Social Norms, Social Change I hamda Social Norms, Social Change II onlayn kurslarida qatnashish uchun mos ravishda SHU YERDA va SHU YERDA roʻyxatdan oʻtish yetarli boʻladi. Darslar 11-may, 2020-yildan boshlab, roʻyxatdan oʻtilgan kunning oʻzidanoq boshlanadi.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy sayti yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!