×

Peterhouse Cambridge: magistratura va PhD tadqiqotchilari uchun 15 009 funt sterlinggacha grant; joy – 12 ta!


Grant

MUHLAT

03.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1362 marta

Angliyaning University of Cambridge oliygohi barcha maktablarining magistratura (MPhil) va PhD bosqichiga hujjat topshirgan mahalliy va xorijlik tadqiqotchilarga Peterhouse Graduate Studentship Competition grant dasturini taklif etmoqda. Grantlar 2020 – 2021 o`quv yilida oliygohga hujjat topshirgan yoki Peterhouse kollejining PhD bosqichida o’qiyotgan tadqiqotchilar uchun mo`ljallangan. Ushbu stipendiya magistratura talabalari uchun bir yilga va doktorantura tadqiqotchilari uchun uch yilga beriladi. Grant dasturidan maqsad yuqori potensialli, a’lochi talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant magistratura talabalari uchun 1 yilga va doktorantura tadqiqotchilari uchun uch yil muddatga ajratiladi. Grantning miqdori stipendiatning boshqa manbaʼdan oladigan mablagʻga bogʻliq. Bunda Peterhouse talabaning o’qishi va kundalik xarajatlari uchun yetmagan mablagʻni toʻlab beradi.

Boshqa manbaʼlardan stipendiya olmaydigan tadqiqotchilarga yillik 15 009 funt sterlinggacha (tahminan 19 625 AQSh dollari) stipendiya ajratiladi. Mablagʻ oʻqish pulini toʻlash va kundalik xarajatlar uchun sarflanishi mumkin. Grantning maksimal miqdori 44 350 funt sterling.

Dastur doirasida 12 nafar talabaga grant ajratish mo’ljallangan.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod grantga ariza berishdan avval University of Cambridge oliygohi magistratura (MPhil) yoki PhD bosqichiga hujjat topshirgan boʻlishi zarur. Batafsil
  4. Oliygohga qabul qilingan nomzodlar bu haqida grant hayʼatiga maʼlum qilishlari kerak.
  5. Cambridge universitetining istalgan kollejiga qabul qilingan nomzod grantga ariza bera oladi. Ammo gʻolib bo’lgan talaba oʻqishini Peterhouse kollejiga oʻtkazishi zarur.
  6. Peterhouse kollejining PhD kurslarida o’qiyotgan tadqiqotchilar ham grantga ariza berishlari mumkin.
  7. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  8. Nomzod oʻzi hujjat topshirgan kurs talablariga javob berishi kerak.
  9. Boshqa biror grant/moddiy yordam dasturi boʻyicha grant yutib olgan nomzod grant hayʼatiga buni maʼlum qilishi kerak (boshqa biror dastur boʻyicha stipendiya oladigan nomzodlarga Peterhouse oʻqish toʻlovi/yashash xarajatlarining qolgan qismini toʻlab beradi).
  10. Nomzod kirish imtihonlari talablariga javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod University of Cambridge kollejlaridan birining magistratura/PhD bosqichiga qabul qilingan bo’lishi kerak. Oliygohga hujjat topshirish jarayoni tanlangan bosqich va yoʻnalishga qarab turlicha boʻladi. Batafsil maʻlumot bu yerda.

Grantga hujjat topshirish uchun nomzod shu yerda portalidan roʻyxatdan oʻtishi, onlayn arizani toʻldirishi va kerakli hujjatlar bilan birga 2020-yil 3-yanvargacha grant hayʼatiga taqdim etishi zarur.

Kerakli hujjatlar (grant uchun):

  1. Onlayn ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Oxirgi bosqich diplomi.
  5. Baholar/diplom ilovasi.
  6. Research statement.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: bu yerda.

Natijalar 2020-yil 1-aprelda eʼlon qilinadi. Stipendiyalar 2020-2021 oʻquv yili boshida berilishni boshlaydi.

Bogʻlanish uchun:

Tel: 01223 338200

Fax: 01223 337578

E-mail: helen.cross@pet.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!