×

Polsha: Barcha xarajatlar qoplanadigan 1 haftalik yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

4293 marta

Polshaning Varshava shahrida joylashgan The OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights (ODIHR) tashkiloti 2nd ECPR-OSCE/ODIHR Summer School on Political Parties and Democracy dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant siyosiy partiyalar va demokratiya sohalari bo`yicha fuqarolik jamiyatining liderlariga yozgi maktabda qatnashish uchun beriladi. Yozgi maktab bir hafta davomida Polshaning Varshava sahrida 2019-yil 19-avgustdan 25-avgustgacha bo`lib o`tadi. Unda 20 nafar mutaxassislar qantashadilar. Nomzodlar o`rgangan bilimlarini ona yurtlariga qaytgach amaliyotga joriy qilishlari kutilmoqda. Dasturga MA va PhD darajasini olish uchun tadqiqotlar olib borayotgan nomzodlar ham ariza bera oladi.

Yozgi maktabni OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights (ODIHR)Varshavadagi Cardinal Stefan Wyszynski University va Centre for the Study of Parties and Democracy moliyalashtiradilar.

Grant kimlar uchun?

Siyosiy partiyalar va demokratiya sohasi vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabda ishtirok etish imkoniyatini qo`lga kiritgan nomzodlarga 18-avgustdan (bir kun oldin yetib boriladi) 25-avgustgacha mehmonxonada yashash, ovqatlanish va o`qish xarajatlari, ayrim ishtirokchilarning esa transport sarflari qoplanadi. Dasturda o`tiladigan dars, seminar va muhokamalar 50 soat hajmni tashkil etadi. Yozgi maktab yakunida ishtirokchilar maqola/taqdimot tayyorlaydilar. Eng yaxshi maqola Politologia jurnalida e’lon qilinadi va muallif 100 yevro mukofot puli bilan taqdirlanadi. Batafsil: SHU YERDA tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • OSCEning hamkorlik kelishuviga a’zo davlatlar vakillari ariza bera oladi (O`zbekiston kiradi).
  • Nomzod milliy yoki mahalliy siyosiy tashkilotlari, demokratiya, siyosiy partiyalar va h.k.larda faoliyat yuritayotgan bo`lishi lozim.
  • MA/PhD da o`qiyotgan va/yoki tadqiqotlar olib borayorgan nomzodlar ariza topshira oladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursda qatnashish uchun IELTS kamida 6,5-7,0 bo`lishi talab qilinadi.
  • Nomzod “Global Agenda for the Renewal of Representation” mavzusida o`z fikriga ega bo`lishi kerak, chunki mavzu maktabning tayanch muhokamasiga qo`yiladi.
  • Nomzod siyoyat, siyosiy jarayonlar, saylov, gender tengligi, siyosiy mojarolar kabi soha bo`yicha muhim bo`lgan bilimlarga ega bo`lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza berish. Yozgi maktabda qatnashish uchun qabul qilingan ariza shakli ni yuklab olib, to`ldiriladi va 500 ta so`z (5 tagacha kalit so`z)gacha  proposed paper bilan birga 2019-yil 31-maygacha  Fernando.Casal.Bertoa@nottingham.ac.uk va k.grzybowska-walecka@uksw.edu.pl pochtasiga jo`natish kerak. Nomzoddan bu bosqichda qo`shimcha (CV, pasport nusxa va h.k. kabi) hujjatlar talab qilinmaydi. Tashkilotchilar taxminiy saralashdan o`tgan nomzodlar bilan bog`lanadilar va kelgusida topshiriladigan hujjatlar hamda jarayon haqida xabar beradilar. To`liq to`ldirilmagan, savollarga javob berilmagan arizalar ko`rib chiqilmaydi.

Nomzodlar grantga siyosat va siyosiy jarayonlar, saylov, gender tengligi kabi sohaga oid bilimlari, ish tajribasi, moliyaviy yordamga muhtojligi, ingliz tilini bilishi, kelajakdagi rejalari kabilarga asosan saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin tez fursatda xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: Fernando.Casal.Bertoa@nottingham.ac.uk va k.grzybowska-walecka@uksw.edu.pl

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!