×

Polsha: Postdoktorlar almashuv dasturi; stipendiya – 2 300 yevro; oila a’zolari bilan yashash va Yevropaga sayohat qilish mumkin!


Grant

MUHLAT

23.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

1528 marta

Polshaning Polsha Ta’lim almashuv Milliy Agentligi – Polish National Agency for Academic Exchange doktorlik ishini himoya qilgan tadqiqotchilardan The Ulam Programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 6 oydan 24 oygacha moʻljallangan. Grant yutib olgan nomzodlar dastur doirasida oila aʼzolari bilan Polshada yashashlari mumkin.

Ushbu stipendiya dasturi chet ellik ilmiy tadqiqotchilar bilan tajriba almashish, universitetlar orasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil qilingan. Fan sohasida doktorlik darajasiga ega har qanda mutaxassiy va olimlar ushbu dasturga topshirishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Fan doktori darajasiga ega nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • 6 oydan 24 oygacha Polshada yashash va tadqiqot olib borish imkoniyati beriladi.
  • Nomzod dastur doirasida oila aʼzolarini Polshaga olib kelib, birga yashashi mumkin (3 oydan ortiq muddat yashash uchun).
  • Nomzodga har oyda taxminan 2 300 yevro stipendiya beriladi.
  • Agar nomzodning turmush oʻrtogʻi Polshaga kelsa, har oylik stipendiyasiga yana 460 yevro qoʻshib beriladi.
  • Agar nomzodning farzandlari ham davlatga yashash uchun kelishsa, har bir kichik yoshdagi bola uchun oylik stipendiyaga yana 230 dollardan qoʻshimcha toʻlanadi (masalan, nomzodning turmush oʻrtogʻi va 3 nafar farzandiga har oylik 2 300 yevro stipendiyasiga 1 150 yevro qoʻshib toʻlanadi).
  • Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlatlardan kelgan nomzodlarga Yevropa davlatlariga sayohat qilish uchun bir martalik 2 770 yevro pul beriladi. Nomzodning turmush oʻrtogʻi yoki farzandiga esa 1 155 yevro qoʻshimcha stipendiya toʻlanadi.
  • Nomzodning turmush oʻrtogʻi Polshaga kelgan vaqtda kasal boʻlsa va yordamchi shaxs bilan birga kelsa, stipendiya miqdori oshiriladi.
  • Nomzod dasturda oʻqiyotgan paytida yana bitta farzand koʻrsa, stipendiya hajmi koʻpaytiriladi.
  • Dastur doirasida postdoktorlar oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatilishi mumkin.
  • Polshalik olimlar bilan guruhli tadqiqotlar olib borish imkoni bor.
  • Nomzod dars mashgʻulotlarida qatnashishi va dars berishi mumkin.

Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Polsha fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod doktoranturani Polshada oʻqimagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod 2017-yildan boshlab dasturga ariza topshirgunga qadar Polshada ishlamagan va yashamagan boʻlishi zarur.
  • Nomzod Polsha hukumatidan avval moddiy yordam/stipendiya/grant olmagan boʻlishi lozim.
  • Grant dasturiga barcha sohalar boʻyicha postdoktorlar ariza bera oladilar.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Talabgor sogʻlom boʻlishi zarur.
  • Nomzod oʻqish muddati tugagandan keyin oʻz yurtiga qaytib ketishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastlab nomzod Polshaning qaysidir oliy ta’lim muassasasi yoki tadqiqot muassasasida tadqiqot olib borish uchun qabul qilinishi kerak. Keyin grantga hujjat topshirishi mumkin.

Grantga hujjat topshirish onlayn tarzda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun avval Agentlikning ICT system tizimida roʻyxatdan oʻtish kerak.

Hujjat topshirishdan oldin The Regulations of the Ulam Programme bilan batafsil tanishib chiqing.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

Nomzodlar ilmiy salohiyati, tadqiqotchilikka qiziqishi, yangilikka intilishi, hamkorlikda ishlash, aʼlo baholari, oʻz sohasi boʻyicha malakasi, ijtimoiy faolligi, nashr ishlari, yutuqlari kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dastur boshlanguncha xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: Magdalena Kowalczyk

Elektron pochta: magdalena.kowalczyk@nawa.gov.pl

Telefon: +48 22 390 35 72

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!