Chexiyada joylashgan Charlz universitetining (Charles University) Matemaika va fizika fakulteti magistraturani matematika sohasida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga Prague Mathematics Tuition Fee Scholarship (PMTFS) grantini taklif etadi. Ushbu grant quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun 2 nafargacha talabaga taqdim etiladi:
- Computational Mathematics
- Financial and Insurance Mathematics
- Mathematical Analysis
- Mathematical Structures
- Mathematics for Information Technologies
- Probability, Mathematical Statistics and Econometrics
- Mathematical Modelling in Physics and Technology
Bu magistrlik dasturi toʻliq ingliz tilida oʻqitladi va 2 yil davom etadi. Ushbu magistrlik kurslari haqidagi toʻliq maʼlumotni BU YERDAN topasiz.
Talabalar ushbu grantni qoʻlga kiritish uchun 2024-2025-oʻquv yilida oʻqishni boshlash uchun ariza topshirishi kerak.
Maʼlumot uchun: Charlz universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, ushbu universitet 2024-yil mart oyi holatiga koʻra, dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 248-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).
Grant kimlar uchun?
Matematika yoʻnalishida magistraturani oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni qoʻlga kiritgan talabalar kontrakt toʻlovini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.
Talablar:
Grant uchun nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Yuqorida sanalgan magistrlik kurslaridan biriga ariza topshirishi va keyinchalik qabul qilinishi kerak.
- Nomzod boshqa biror turdagi grant yoki stipendiya olmasligi kerak.
- Grant uchun talab qilinadigan barcha hujjatlar 2024-yil 30-aprelgacha topshirilishi lozim.
Shuningdek, nomzod yuqorida koʻrsatilgan magistrlik dasturining qabul talablariga ham javob berishi lozim. Jumladan, nomzodlardan kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng boshqa xalqaro ingliz tili sertifikatini topshirish talab etiladi. Magistratura kurslariga qabul talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Magistrlik dasturiga ham, grantga ham arizalar onlayn tarzda 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi. Dastlab, Student Information System tizimidan roʻyxatdan oʻtiladi (Create a new application). Soʻng magistrlik dasturi uchun kerakli hujjatlar yuklanib, grant uchun quyidagi hujjatlar ham tizimga yuklanishi/taqdim etilishi kerak:
- CV.
- Motivatsion xat.
- Chop etilgan ishlar ro’yxati (agar bor bo’lsa).
- Diplom ilovasi.
- Grant uchun ariza (ariza uchun belgilangan shakl mavjud emas, erkin holda yoziladi).
- Ish beruvchi yoki ilmiy rahbar (oʻqituvchi)dan ikkita tavsiyanoma.
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi shart. Agar original hujjatlar ingliz tilida bo’lmasa, rasmiy tarjima qilingan holda topshirilishi kerak. Yuqorida sanalgan 1-4-hujjatlar onlayn tarzda Student Information System tizimiga yukalanadi (PDF shaklda).
Grant uchun ariza elektron pochta orqali admission@matfyz.cuni.cz elektron manzilliga yuborilishi kerak. Ariza shakli yuborilganda elektron xabar mavzusida “PMTFS application – your name” (masalan: PMTFS application – Eshmat Toshmatov) deb yozlishi kerak.
Tavsiyanomalar ham bevosita tavsiya beruvchi tomonidan elektron pochta orqali admission@matfyz.cuni.cz elektron manziliga yuborilishi kerak. Tavsiyanoma yuborilganda elektron xabar mavzusida “PMTFS Recommendation – your name” (masalan: PMTFS Recommendation – Eshmat Toshmatov) deb yozlishi kerak. Tavsiyanomalarning 2024-yil 30-apreldan kechiktirmay koʻrsatilgan elektron pochta manzillariga yuborilishini taʼminlashga nomzod masʼuldir. Kechikib yuborilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
Nomzodlar 2024-yil may oyida oʻrtalarida onlayn intevryuga taklif qilinishi mumkin.
Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlarga 2024-yil 31-maygacha xabar qilinadi.
Eslatma: Charlz universitetining magistrlik dasturlariga ariza topshirish uchun 1500 chex kronasi (taxminan 64 AQSH dollari) miqdorida ariza haq toʻlanishi kerak.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin quyidagilar bilan batafsil tanishib chiqing: